Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori”



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori”
degan yangi g‗oya kundalik 
faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Islohotlarning amaliy natijadorligini 
oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada 
faolroq, yanada tashabbuskor bo‗lishiga erishmog‗imiz lozim. Eng asosiysi, bu 
islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib 
berishimiz kerak. Odamlarimiz Еtarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va 
investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini 
ko‗paytirishimiz zarur. Bu g‗oyat dolzarb ishlarni o‗zimiz qilmasak, hech kim 



bizga chetdan kelib qilib bermaydi. 
Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: 
oldimizda uzoq va mashaqqatli yo„l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz 
o„qib-o„rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy 
bilimlarni egallab, o„zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz 
va jamiyatimiz o„zgaradi”
1
-deb ta‟kidlagan.
Hozirgi kunda institutsional iqtisodiyot fani iqtisodiy nazariyaning uzviy bir 
yo‗nalishi sifatida dadil maydonga chiqdi. Ushbu fan Belorussiya, Rossiya, 
Ukraina, Qozog‗iston, Boltiq bo‗yi va boshqa o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan 
qator mamlakatlarning iqtisodiyot yo‗nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy o‗quv 
yurtlarida keng o‗qitilmoqda va mazkur fan bo‗yicha kafedralar tashkil etilgan. 
E‘tiboringizga havola etilayotgan ushbu darslikda yangi institutsional 
nazariyaning metodologik asoslariga, asosiy qoidalariga, tamoyillariga, ushbu 
yo‗nalish vakillarining ilmiy qarashlariga, jamiyatdagi rasmiy va norasmiy 
normalarni muvofiqlashtirish muammosiga, norasmiy institutlarning roliga muhim 
ahamiyat berilgan. 
Shuningdek, darslikda institutsional iqtisodiyotning tadqiqot usuli sifatida 
o‗yinlar nazariyasi va modellashtirish tavsifiga, reja va bozor institutlari faoliyati 
normalari hamda shartnomalar xillariga katta e‘tibor qaratilgan. Transaksiyalar va 
transaksiya xarajatlari nazariyasi, transformatsion yondashuvning o‗ziga xos 
xususiyatlari va uning ahamiyati hamda tahliliy usullari, mulkchilik huquqlari va 
mulk shakllarining rivojlanishi, davlat va uy xo‗jaligi xillari, firmalar turlari va 
ular faoliyatining institutsional asoslari keng yoritilgan. Darslikda institutlarni 
yangi institutsional muhitga joriy etish jarayonlarini o‗rganishga keng o‗rin 
berilgan.
Ushbu darslik T.Veblen, R.Kouz, D.Nort, O.Uilyamson, T.Eggertson kabi 
institutsionalizm namoyondalarining jahonda tan olingan asarlarini, Mustaqil 
davlatlar hamdo‗stligi mamlakatlari olimlarining so‗nggi yillar mobaynida chop 
etilgan, institutsional iqtisodiyot nazariyasi doirasidagi tadqiqotlarning yangi 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил 
24 январь//Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь. 



yo‗nalishlarini 
belgilab 
bergan 
A.N.Oleynik, 
R.I.Kapelyushnikov, 
V.M.Polterovich, V.L.Tambovsev, A.Е.Shastitko hamda mamlakatimiz olimlari 
akademik S.S.G‗ulomov, A.Sh.Bekmurodov, I.Butikov, Ab.V.Vaxabov, 
Al.V.Vaxabov, 
N.X.JumaЕv, 
T.T.Jo‗raЕv, 
A.F. 
Rasulev, 
D.TojiboЕva, 
T.Sh..ShodiЕv, Sh.Sh.Shodmonov, A.IsaxodjaЕv,F.T.EgamberdiЕv, N.Yusupova, 
R.Yaushev, A.M. Qodirov, A.Xoshimov kabilarning mulkchilik huquqi, 
institutsional islohotlar, transaksiya va shartnomalar, xufyona va norasmiy 
iqtisodiyot nazariyalari bilan bog‗liq ilmiy ishlarini hamda mamlakatimizda 
amalga oshirilgan institutsional hamda iqtisodiy islohotlar natijalarni ilmiy jihatdan 
umumlashtirishga asoslangan. 




Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin