33
Bu cho‘ziqlik-qisqalik belgisi shu so‘zlarning atash ma’nosini o‘zgartirib
yubormaydi, balki so‘zlovchining sub’ektiv munosabatini o‘zgartiradi. «Cho‘ziqlik»
va «qisqalik» belgilariga ega bo‘lgan so‘zlar o‘zaro zidlanadi. Bu zidlanish mazmun
jihatdan «ekspressivlik», ma’noni kuchaytirish belgisiga ham tayanadi. «qisqalik»
belgisiga ega bo‘lgan zidlanish a’zosi «ekspressivlik» belgisiga ega bo‘lmaydi,
aksincha «cho‘ziqlik» belgisiga ega bo‘lgan zidlanish a’zosi
bunday belgiga ega
bo‘ladi.
Bir xil qurshovda bir xil undoshning qisqa va cho‘ziq ko‘rinishlarining o‘zaro
almashinuvi so‘zlarning atash ma’nosining o‘zgarishiga olib kelmas ekan, demak,
o‘zaro almashinuvchi fonetik birliklar bir fonemaning turli variantlari sanaladi.
Bu esa undoshlarning «cho‘ziqlik», «qisqalik»
belgisi fonologik nomuhim
belgi ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: