S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

V
qatnashuvchi 
A
dan xabarni olib, aynan u 
xabaming adresati ekanligiga ishonch hosil qiladi; sertifikat 
certA
dan olingan qatnashuvchi 
A
ochiq kalitidan foydalanib, ochiq 
ko‘rinishda olingan 
rA
soni, birinchi xabarda jo ‘natilgan 
rv
soni va
163


o‘zining identifikatori 
V
ostidagi imzo 
ning korrektligini
tekshiradi. Imzo chekilgan tasodifiy son 
га
ochiq matnni tanlash 
bilan hujumni oldini olish uchun ishlatiladi.
3. 
Tasodifiy sonlardan foydalanib, ikki tomonlama autentifi­
katsiyalash:
А <г- В -rB
A - > B :certл
,
rA, B , S A(rA,rB, B)
A < - B : c e r t B, A , S B(rA,rB, A)
Ushbu protokoldagi xabarlami ishlash oldingi protokoldagidek 
bajariladi.
Nazorat savollari:
1. Qat’iy autentifikatsiyalash muolajalarini tushuntirib bering.
2. Simmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifikatsiya­
lash sxemasini tushuntirib bering.
3. Kerberos protokolida domenlararo autentifikatsiyalash xusu- 
siyatlari nimada?
4. Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga 
asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash sxemasini tavsiflang.
5. Asimmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifi­
katsiyalash protokollari ishlash sxemasini tushuntirib bering.
6. Raqamli imzoga asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash 
protokolini yoritib bering.
6.5. Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va
autentifikatsiyalash
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakte- 
ristikalarini, xulqining xususiyatlarini o‘lchash orqali foydala- 
nuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik 
autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga 
nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:

biometrik alomatlaming noyobligi tufayli autentifikatsiya- 
lashning ishonchlilik darajasi yuqori;
164


- biometrik alomatlaming sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmas-
ligi;
- biometrik alomatlami soxtalashtirishning qiyinligi.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan bio­
metrik alomatlar quyidagilar:
• barmoq izlari;
• qo‘l panjasining geometrik shakli;
• yuzning shakli va o‘lchamlari;
• ovoz xususiyatlari;
• ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.
Autentifikatsiyaning biometrik qismtizimi ishlashining namu­
naviy sxemasi quyidagicha. Tizimda ro‘yxatga olinishida foydala- 
nuvchidan o‘zining xarakterli alomatlarini bir yoki bir necha marta 
namoyish qilinishi talab etiladi. Bu alomatlar tizim tomonidan 
qonuniy foydalanuvchining qiyofasi sifatida ro‘yxatga olinadi. 
Foydalanuvchining bu qiyofasi tizimda elektron shaklda saqlanadi 
va o‘zini qonuniy foydalanuvchi deb da’vo qilgan har bir odamni 
tekshirishda ishlatiladi. Taqdim etilgan alomatlar majmuasi bilan 
ro‘yxatga olinganlarining mosligi yoki mos kelmasligiga qarab
qaror qabul qilinadi. Iste’molchi nuqtayi nazaridan biometrik auten- 
fikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
• xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-rejectrate);
• xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarmrate).

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin