O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova


XIV BOB. BАRQАROR BIZNES MUHITINI YARАTISH VА INKLYUZIV



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

XIV BOB. BАRQАROR BIZNES MUHITINI YARАTISH VА INKLYUZIV 
IQTISODIY О‘SISH 

Tadbirkorlikning tushunchasi va asosiy tamoyillari .................... 

Inklyuziv iqtisodiyotdа kichik biznes vа xususiy tаdbirkorlikning 
о‘rni .............................................................. 

Mаmlаkаt inklyoziv iqtisodiyotini о‘sishini tаminlаsh................... 

Tadbirkorlikning tushunchasi va asosiy tamoyillari 
Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo‘jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va 
“biznes” tushunchalari o‘zaro yaqin bo‘lib, amaliyotda ular bir-birini 
almashtirishlari mumkin. Ammo, “tadbirkor” va “biznesmen” kabi tushunchalar 
ularning iqtisodiy faoliyat sohalari ko‘rilayotganganda maa’nodosh deb 
hisoblamaydi. Biznesmen-sarmoya egasi, mulkdor, mulkini ko‘paytirishga 
intiluvchi shaxs. Biznes – bu ruxsat etilgan, jamiyat a’zolariga naf keltiruvchi 
faoliyat bilan shuga’ullanib daromad topishdir. Biznes keng maa’noda qonuniy 
yo‘l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir. Biznesning maqsadi-odatda, 
foyda olish va uni barqaror holga keltirish, foydani muttasil oshirib borish va boyib 
ketish, foyda hisobiga sarmoyani ko‘paytirishdir. Tadbirkorning maqsadi esa yangi 
fikr va ga’oyalarni izlash, tahlil qilish, o‘zining tashabbuskorlik, yaratuvchanlik 
qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o‘z faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishdir. 
Tadbirkor-yuridik shaxs bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, doimiy ravishda 
tadbirkorlik faoliyati bilan shuga’ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tadbirkor). 
Bunday iboralar ham 18 tadbirkorlik va tadbirkor to‘ga’risida to‘liq ma’lumot 
bermaydi, ularning mohiyatini etarli darajada yoritmaydi. Tadbirkorlik bozor 
iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-
iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va 


178 
ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli 
va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik 
to‘ga’risida” 
gi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha taa’rif berilgan: 
“Tadbirkorlik-mulkchilik suba’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va 
mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy 
faoliyat ko‘rsatishdir”. Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada 
oydinlashadi:

Birinchidan, tadbirkorlikning subyekti kim bulishi mumkin? O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik 
to‘ga’risidagi qonunga muvofiq baloga’at eshiga etgan har bir fuqaro o‘z mulki 
asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyor etgan qonunga zid 
bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.

Ikkinchidan, yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni 
mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko‘rinishiga ega. 
Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan 
davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan 
faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda 
tadbirkorlarning 3 guruhini aloxida ko‘rsatish mumkin:

1) yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu 
turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi.

2) tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shuga’ullanuvchi 
tadbirkorlar.

3) tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan 
shuga’ullanuvchi tadbirkorlar.

Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:

a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan; 

b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, 
soglikni saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.

Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Shuga’ullanaetgan soha bo‘yicha ilm, bilimga egaligi.


179 
2. Tavakkalchilikka asoslangan karorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik 
kobiliyati.
3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
4. Qonunlarga itoatkorligi.
5. Innovatsiyachilikning faolligi.
6. Maqsad sari intiluvchanlik.
7. Tashkilotchilik.
8. Tejamkor bo‘lishi.
9. O‘z so‘zining ustidan chiqish.
10. Ruhiy poklik va halolligi.
11. O‘z jamoasi uchun kurashuvchanlik.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin