Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/66
tarix25.11.2023
ölçüsü461,77 Kb.
#134279
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
omonulla madayev - o\'zbek xalq og\'zaki ijodi

Savol va topshiriqlar:
1.
Islom shoirning hayoti va ijodi haqida so‘zlang.
2.
Baxshi qaysi dostonni alohida mehr bilan ijro etgan?
3.
Islom shoir o‘tmishi haqida nimalarni eslaydi?
Adabiyotlar:
1. 
Jirmunskiy V. M., Zarifov X. T.
Uzbekskiy narodnûy
geroicheskiy epos. Moskva. GIXL. 1947. 52—53-betlar.
2. Islom shoir va uning xalq poeziyasida tutgan o‘rni. O‘zbek
xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar. T., «Fan», 1978.
3. 
Sobirov O.
Atoqli xalq shoiri. O‘sha joyda, 3—9-betlar.
BOLALAR FOLKLORI
Har bir inson bolaligidan boshlab o‘zi bilmagan holda
katta odamlarning e’tibori qaratilgan mo‘jizaviy mavjudot-
ga aylanadi. Kattalar unga ism qo‘yadilar, beshikka belay-
dilar, allalar aytadilar, qo‘lchalariga ovoz chiqaruvchi
o‘yinchoqlar tutqazishadi. Bir oz gap eshitadigan bo‘lgani
zahoti ovunmachoqlar aytishadi. Keyinchalik esa farzand
topishmoqlar, ertaklar, qo‘shiqlar olamiga kirib xalq rasm-
rusumlari, og‘zaki ijodi og‘ushida ulg‘aya boradi.
Xalq qadim zamonlardan farzandlarning ma’naviy va
jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Agar
allalar, ertaklar uning ma’naviy dunyosini boyitsa, turli
o‘yinlar: quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak
uchirish kabilar jismonan chiniqtirgan. Yosh bolalar alohi-
da e’tiborga loyiq xalqlarda esa ular uchun maxsus badiiy
so‘z namunalari yaratilgan. O‘zbeklar ana shunday xalqlar
qatoridan munosib o‘rin oladilar. Tez aytishlardan tortib
allalargacha, topishmoqlardan tortib sanamachoq 
largacha
bevosita yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan bolalar folk-
lori janrlarini, namunalarini tashkil etadi.
O‘zbeklar bolalar folkloriga oid asarlarni bir necha asr-
lar oldinoq hozirgi zamon pedagogikasi talablarini his et-
gandek yaratganlar. Aslida xalq bu talablarni o‘zicha hisob-
ga olgan. Pedagogika fani esa ularni keyinchalik kashf qil-
gan. Xususan, bolalar uchun yaratilgan asarlarning tili
sodda, mazmuni esa esda qoladigan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, bu asarlar albatta tarbiyaviy ahamiyat kasb
etgani holda, bolalarda xalqiga, vataniga, qadriyatlariga,
ajdodlariga hurmat ruhini shakllantirishi kerak. Bunday
namunalar farzandlarimizning ma’rifiy ozuqasi hisoblanadi.
141


Bo‘rining yirtqichligini, tulkining ayyorligini ular dastlab
o‘zlariga atalgan ertaklardan bilib oladilar. Ayni paytda,
bunday asarlar bolada go‘zallikka intilish tuyg‘usini
uyg‘otishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Masalan
, oy — o‘n
to‘rt kunlik yoki hiloldek; qiz—go‘zal, chiroyli, o‘n to‘rt
kunlik oydek; yigit-mard, jasur, pahlavon, hunarli kabi
o‘xshatish va sifatlashlar bilan yonma-yon tasvirlanadi.
Natijada, bolalar folklori bilan aloqada bo‘lgan yosh
farzand ularni tinglash yoki o‘qish barobarida o‘zbekning
o‘zbekona tarbiyasi bilan tanishib boradi va o‘zbek bo‘lib
voyaga yetishadi.
Bola tug‘ilgani zahoti dunyodagi eng mehr bilan ayti-
ladigan qo‘shiqni eshitadi. 
Alla
ana shu qo‘shiq hisoblana-
di. Sevimli shoirimiz Cho‘lpon alla haqida shunday degan
edi: «Bir bola uxlamasa, alla aytadilar. Bola tez uxlab ketar.
Chunki ul andin bir lazzat his qilur». Bu ifodada allaning
eng muhim fazilati — bola ruhiga ta’siri aks etgan.
Keksalarimiz allaning sadolari bola ruhiga iymon, vataniga
muhabbat, xalqiga hurmat, o‘zi tug‘ilgan oilaga izzat bo‘lib
quyilishini ko‘p aytganlar. Alla atamasi olimlarning ta’kid-
lashlaricha, ovutib uxlatish ma’nosini berar ekan. Ayni
chog‘da bu so‘zning «Alloh»dan olinganligi ham ta’kid-
lanadi. Alla deyarli hamma xalq og‘zaki ijodida bor. Uni
ruslar «kolûbelnaya», gruzinlar «nanina» deb atashadi. Al -
la qo‘shiqlari matnida bir nechta mavzular ifodalanadi:
1) ona ning farzand ko‘rganiga shukrona keltirishi; 2) ona -
ning farzandiga baxt-saodat tilashi, uning kelajagi porloq
bo‘lishini Allohdan so‘rashi; 3) o‘zining his-tuyg‘ularini,
ba’zan turmushidan hasrat qilishlarini bayon qilishi. Ammo
allaning matnida qanday mazmun ifodalanishidan qat’i
nazar farzand ko‘rgan ayolning bolasiga bo‘lgan muhabbati
ustivorlik qiladi.
Alla aytish an’anasi bizga uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib
keladi. Akademik shoirimiz G‘afur G‘ulom so‘z mulkining
sultoni Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoniga
bergan sharhida Farhodning beshigi atrofida yig‘ilishib:
«Yuz ohang bilan alla aytar edilar», — deydi. Yodimizda
bo‘lishi kerakki, dunyoda o‘z kashfiyotlari, she’r va doston-
lari bilan mashhur bo‘lgan hamma odamlar go‘dakligida
alla eshitib ulg‘aygan. Alladagi fazilatlarni Abu Ali Ibn Sino
ham alohida ta’kidlagan. Xususan, shifokor alloma allaning
bola ruhiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini alohida uqti-
radi.
142


Tabiiyki, beshikda tebranayotgan go‘dak allaning
so‘zlarini idrok etolmaydi. Bola uchun, allaning kuyi, ijro
usuli ahamiyatliroqdir. Ona shuning uchun allani berilib,
butun vujudi bilan bolasiga ruhan ta’sir ko‘rsatishga urinib
aytadi. Ayni paytda, alla matni onaning umidlar ifodasi,
ba’zan hasrat qilish usuli, ko‘pincha dil so‘zlarini bayon
qilish shakli sifatida qadrli bo‘ladi.
O‘zbek bolalar folklorini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan
olim, filologiya fanlari doktori, professor O. Safarov alla-
larning mazmun va kompozitsiya jihatidan bir necha
turlarga bo‘linishini ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, ular orasi-
da parokanda allalar, voqeaband allalar, maishiy allalar,
tarixiy allalar bor bo‘lib, har biri boshqasidan ma’lum dara-
jada farqlanadi. Parokanda allalarda matndagi bandlarda
o‘zaro bog‘liqlik bo‘lmaydi. Har bir to‘rtlik o‘zicha mus-
taqil mazmunga ega bo‘ladi:
Men seni alla qilay, alla.
Ko‘tarib katta qilay, alla.
Alla jonning rohati, alla,
Uyqu ko‘zning rohati, alla.
O‘rik yog‘och beshiging, alla,
O‘rgilib ketsin onang, alla.
Tut yog‘ochdan beshiging, alla,
Termulib o‘tsin onang, alla.
Yuqoridagi bandlarni o‘rin almashtirib aytsa ham
bo‘laveradi. Chunki ularning har biri alohida alla matnidan
iboratdir.
Voqeaband allalarda esa ona aytayotgan alla matnida
o‘ziga xos bog‘liqlik seziladi. Ularni avvalgi namunalardek
oldinma keyin aytish mumkin emas. E’tibor qiling:
Past-pastgina tepadan,
Toydim-tushdim-o, alla.
Qo‘limga qaychi olib-o
Senga qo‘zichog‘im-o,
Chopon bichdim-o, alla.
Yenglari tor kelmasin, deb,
Qo‘lingga qarab-o, alla.
Chopon bichgan qo‘limni-yo,
Mening toylog‘im-o, alla,
Oyi bordir-o, alla,
Jonim bolam-o, alla.
143


Ko‘rinib turibdiki, endi bu alladagi misralarning o‘rnini
almashtirib ijro etish mumkin emas. Chunki bu allada
matn dagi mazmun bir butun bo‘lib, misralarning oldinma
keyin, ma’lum tartibda kuylanishini talab qiladi.
Maishiy allalarda esa ona ko‘proq alla aytish sababi
bilan o‘zining dardini bayon qilishga urinadi.
Shaftoli shoxiga zor, alla,
G‘aynoli bargiga zor, alla.
Men dadangga intizor, alla,
Ko‘z tutarman beqaror, alla.
Umuman, alla onaning farzandi bilan his-tuyg‘ular
orqali munosabatda bo‘lish vositasi. Ular lirik asarlar sifati-
da kuylovchilarning ichki kechinmalarini ifodalaydi.
Shuning uchun ham chaqaloqni estetik tarbiyalashda
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bolalar folklorining yana bir janri 

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin