17-MAVZU: CHO`KINDI TOG` JINSLARI.
Reja:
1.
Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish jarayoni.
2. Cho`kindi tog` jinslarining turlari.
3.Cho`kindi tog` jinslariga mansub bo`lgan menerallar va konlar.
Tayanch so`z va iboralar:
fizik, kimyoviy, organik, cho`kindi, kontinental
yotqiziqlar, magmatik, metamorfik, ohaktosh, kremniy.
Cho`kindi tog` jinsi dеb, har qanday jinslarni fizik, ximik protsеssdan
maydalanishi va organik qoldig`i bilan to`plangan mahsuliga aytiladi. Cho`kindi tog`
jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi jinslarning paydo
bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog`liq
bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari o`simlik va organizm
qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmatik va metamorfik
jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab cho`kindi jinslar
dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi.
Quriq iqlimli sharoitda hosil bo`lgan jinslar
kontinental yotqiziqlar
deb ataladi.
Ularning hosil bo`lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir.
Atmosfera yog`inlari ta`sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib
borib, relyefning pastkam joylarida to`planadi va cho`kindilar hosil qiladi. Kontinental
cho`kindi jinslar hosil bo`lishi sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial
va eol yotqiziqlariga bo`linadi. Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning
cho`kishidan kimyoviy, xayvonot va o`simlik qoldiqlarining to`planishidan esa
organogen cho`kindi jinslar hosil bo`ladi.
Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun
yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer
yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi.
Cho`kindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib
asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va
xossalari bilan farq qiladi. Cho`kindi jinslar segovak bo`ladi va ularning tarkibida
toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: