yirik (dag`al), qum, chang va gil zarralarga bo`linadi. Ular oxak, kremniy oksidi
(SiO
2
), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi.
Dag`al bo`laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega.
Qumli jinslar yirik-maydaligi 2 mm dan 0,05 mm gacha bo`gan zarrachalardan
tashkil topgan. Tarkibiga ko`ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit, magnetit,
pirit, kaltsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Zarrachalarining yirik-
maydaligiga ko`ra qum, yirik (2-0,5 mm); o`rta (0,5-0,25 mm); mayda (0,25-0,1mm)
va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo`linadi.
Changsimon va gilli jinslar
. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq,
kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli
jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil
etadi.
Lyoss va lyossimon jinslar
tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik,
kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil
bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan
ma`noni bildiradi.
Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda
tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi:
1. Rangi sarg`ish, och malla sarg`ish.
2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm
gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi
3. Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil
etadi.
4. Lyoss qatlamida qum va shag`al linzalari bo`lmasligi kerak.
5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan ko`pi 0,05mm dan 0,001mm
gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha bo`lishi va 0,25mmli
zarrachalarning bo`lmasligi.
6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish xususiyatiga ega.
7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi.
8. Yuqori darajada suv o`tkazuvchanligi.
9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga kelishi.
10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi.
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga
qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: