ko`llarda (organik yoki kimyoviy yo`l bilan) temir rudasi yotqiziladi (Ural, Kareliya,
Finlyandiya va boshqalar).
Nam iqlimli erlarda kislorod ko`l tagigacha borib eta olmaydi, shuning uchun
uning tagida ko`p miqdorda plankton va ko`l tagi faunasi chirimasdan to`planadi. Bu
anaerob (kislorodsiz) sharoitda Cho`kindilar to`planib, bir
necha metr qalinlikka ega
bo`lgan yarim suyuq holdagi yonuvchi chirindilarni hosil qiladi va nihoyat, ko`mirga
aylanadilar. Ittifoqimizning Еvropa qismidagi ko`llarda, masalan, Seliger ko`lida
gastropod, peletsipod va chig`anoqlar to`planib, ohakli suv o`simliklari bilan birga
g`ovakli ohak Cho`kindilarini - “ko`l bo`rini” yoki mergelini hosil qiladi.
Juda qadim zamonda o`lib ketgan diatom planktonlarining chig`anoqlari ko`l
tagida katta maydonlarni egallab, qimmatbaho diatomit hosil bo`lishiga sabab bo`lgan
(Sevan ko`li, Baykal va boshqalar). Ko`l yotqiziqlarining yupka qatlamlardan iborat
ekanligi suv sathining tez-tez o`zgarib turishini aks ettiradi, bu qatlamlanishlar ko`l
Cho`kindilariga xos xususiyatdir. Chuchuk
suvda yashovchi peletsipod, gastropod va
ostrakodlarning ko`llarda hukmronlik qilishi ko`l yotqiziqlarini dengiz yotqiziklaridan
ajratib turadi. Bunga atroflari qum-gil va karbonatli mayda qatlamlardan, markaziy
qismi diatom illaridan tashkil topgan Sevan ko`li misol bo`lishi mumkin.
Nam iqlimli ko`llardagi suvda erib kelgan moddalar va organik mahsulotlar
(sapropel, torf, temir rudasi va boshqalar) quruq oblastdagi ko`l Cho`kindilaridan
keskin ajralib turadi. Bunda daryolar ko`llarga quruqlikdan
yotqizqlar olib kelib
tashlay
olmaydilar,
ko`llarda
tuzlar,
gipslar
va,
shuningdek,
kimyoviy
Cho`kindilargina to`planadi. Bunday ko`llarga Balxash ko`li va Amerikaning cho`l
oblastidagi ko`llar (Katta sho`r ko`l) misol bo`la oladi.
1-chaqiqitosh, qum; 2-gilli ohakli Cho`kindi; 3-Fauna va flora
yotqiziqlari; 4- yuqa organik yotqiziqlar; 5-qirg`oq.
Rasm 68. Ko`lda yotqiziqlarning taqsimlanishi.
Yuqorida tasvirlangan ko`l tiplari orasida dengiz buyi ko`llari alohida ajralib
turadi. Ular dengiz bo`yidagi pasttekis-liklarda laguna va chuqur qirg`oqlarning qum
kokillari bilan to`silib qolishi natijasida hosil bo`ladi. Bunday ko`llarning xarakterli
xususiyatlaridan biri shuki, ularda dengiz fauna va florasi uchraydi. Qirg`oq bo`yi
ko`llari yotqiziqlari kontinental yotqiziqlardan ajralib turadi.Kontinental jinslar orasida
qadimgi ko`llarning yotqiziq-lari ham katta ahamiyatga egadir.
Bunga Rossiyaning
Еvropa qismidagi perm davri qatlamlarini, Lipetsk temir konini, O`rta Osiyoning ba`zi
bir yura (Kuxitang tog`ida) va paleogen-neogen davr yotqiziqlarini kirgizish mumkin.
Dostları ilə paylaş: