Ko`l suvining ximizmi . Ko`l suvida turli miqdorda xilma-xil eruvchan moddalar
bo`ladi. Bu moddalarning tarkibi va miqdori ko`l suvining sifatini belgilaydi.
Yer yuzidagi barcha ko`llar suvining sho`rlanganligi darajasiga qarab to`rt tipga
bo`linadi: 1) chuchuk ko`llar (sho`rligi 0-1 %); 2) salgina sho`r ko`llar (sho`rligi 1%
dan 24,7% gacha); 3) sho`r ko`llar (sho`rligi 24,7% dan to 47% gacha); 4) mineral
ko`llar (sho`rligi 47% dan ortiq).
Ko`l suvidagi tuzlar tarkibiga ko`ra ham xilma-xildir. Chunonchi, chuchuk
ko`llarda asosan karbonat tuzlari bo`ladi. Sho`r ko`llarda xloridlar (NaCl, MgCl
2
)
hamda sul`fat tuzlari (Na
2
SO
4
, MgSO
4
) ustun turadi. SHo`r ko`llarga El`ton,
Bosqunchoq ko`llari, O`lik dengiz va Katta sho`r ko`l misol bo`la oladi.
Sodali ko`llarda asosan natriy Kapbonat (Mg
2
CO
3
) tuzlari uchraydi. Van ko`li
va g`arbiy Sibir hamda Zabaykal`edagi ba`zi ko`llar sodali ko`llardir. Bor tuzli ko`llar
Tibet tog`ligida, AQSH ning Kaliforniya va Nevada shtatlarida bor. Quyida ayrim
ko`llarning sho`rligi (% hisobida) berilgan.
1. Issiq ko`l .............................................................3,6-6,7
2. Orol dengiz-ko`li ................................................10,4-12,9
3. Kaspiy dengiz-ko`li ............................................13-14
4. Iletsk ko`li .........................................................155,2
5. O`lik ko`l .........................................................204,3-278,1
6. El`ton ko`li ..........................................................255,6-291,3
7. Gyuskundak (Araratda) ......................................368
Ko`llarning geologik ishi Ko`l suvi to`lqinlari ko`l qirg`og`ini emiradi. Ko`l qirg`og`idan emirilgan jinslar
cho`kib, ko`l tagida to`plana boradi. Bu Cho`kindilar mexanik va kimyoviy bo`ladi;
kimyoviy Cho`kindi suv oqib chiqmaydigan ko`llarda hosil bo`ladi, chunki suv oqib
chiqadigan ko`llarda bu xil Cho`kindilar suv bilan oqib ketadi.