5.3. Guruxlar va sistemalar haqida qisqacha ma`lumot Arxey guruxi va erasi Arxey guruxi kembriygacha bo`lgan jinslarning eng quyi guruxi; turli gneyslar va
kristalli slanetslar, qisman amfibolit, mramor va kvartsitlarni o`z ichiga oladi,
shuningdek magnetit kristalli slanetslar kvartsitlar ham uchraydi. Organik qoldiqlar
topilmagan, lekin grafitli tog` jinslarining mavjudligi qadimgi hayotdan darak beradi.
Quyi va yuqori arxeyga bo`linadi, lekin ular urtasida tektonik harakat bo`lganini
kursatuvchi aniq ma`lumotlar yuq. Hozirgi vaqtda arxey guruxi deganda
tokembriyning qo`yi qismi tushuniladi.
Arxey erasi - yerning geoloik tarixidagi eng qadimiy era taxminan 2 mlrd. yilcha
davom etgan. Bu eradan qolgan eng qadimiy tog` jinslarining yoshi 4 mlrd. yil deb
hisoblanadi. Arxey erasida qudratli intruziyalar paydo bo`lgan; bu eradagi jinslar
kuchli burmalangan.
Proterozoy guruxi Tokembriyning yuqori stratigrafik guruxi. Yerning geologik tarixida taxminan
2,6 mlrd. yil oldin hosil bo`lgan yotqiziqlarni uz ichiga oladi. Ko`pincha bu yotqiziqlar
kuchli metamorfizmga uchragan. Proterazoy guruxining umum qabul qilgan
stratigrafik bo`linishi yuq. Keyingi yillarda uni bulimlarga ajratishda tog` jinslarining
mutloq yoshini aniqlash va paleontologik usullar qullanilmoqda. Ayrim olimlar
proterozoy guruxini 2 boshqalari 3 yoki 4 bulimga ajratadi. Ayrim hollarda proterozoy
guruxi yotqiziqlarini mahalliy stratigrafik kismlarga ajratish keng tarqalgan.
Proterozoy erasi - proterozoy guruxini tashkil qilgan tog` jinslarini xosil bulishi
uchun taxminan 2 - 2,2 (2,9) mln. yil talab qilingan. Uzbekistonda proterozoy
yotqiziqlari Xisor, Tomdi, Sulton Uvays va boshqa toglarda mavjud. Bu jinslarda
kupgina foydali qazilmalari uchraydi.