14 MAVZU: DARYOLARNING GEOLOGIK ISHI
Rеjа:
1.
Daryoning geologik ishi.
2. Daryo vodiysining ko`ndalang kesimi.
3. Daryo qismlari.
4. Daryo terasalari turlari
Tаyanch so`zlаr vа ibоrаlаr
: Daryo, eroziya, materiya, akkumulyatsiya, allyuviy,
dara,
assimetrik, yassi, V simon, vodiy, morfologik, yashiksimon, tog`orasimon,
shag`al, soy, , jilg`a, eroziya bazisi, zinapoya, terrasa.
1.
Daryolarning geologik ishi
Daryolarning geologik ishi boshqa ba`zi bir ekzogen faktlar singari, odatda
alohida olib quriladigan, lekin ko`pincha bir vaqtda mavjud bo`ladigan uch bosqichdan
iboratdir.
Bu bosqichlar emirish, oqizib keltirish va cho`ktirishdir. Tog` jinslarining
daryo suvlari bilan parchalanib ketishi yuvilish (eroziya) nomini olgan. Shunga
muvofiq materiyaning oqizib kelishi va yotqizishi (cho`ktirilishi) akkumulyatsiya deb
ataladi. Shuningdek daryolar akkumulyatsiyasi (oqib kelib cho`kkan) faoliyati va
daryolarning yotqiziqlari allyuviy deyiladi.
Daryolarning Yuqori oqimida ko`proq jins emirilishi (eroziya) ro`y beradi, uning
o`rta qismida o`yilish, oqizib keltirish va yotqizish birga bo`ladi, quyi oqimlarda esa
oqizib kelish va cho`ktirish kuzatiladi.
Daryo o`z suvlarini daryo vodiysini yon bag`irlaridan oqib keluvchi yog`inlardan
oladi. Yil buyi yog`inlarning miqdori har xil bo`lganligidan
daryodagi suv ham gox
ozayib, gox ko`payib turadi.
A-dara; Б-V simon; В-assimetrik; Г-yassi
Rasm 55. Daryo vodiysining ko`ndalang kesimi.
Daryo vodiylarining shakllari ma`lum bir morfologik qonuniyat asosida
shakllanadi. Birinchi bosqichda asosan ostki erroziya ro`y beradi. Bu asosan yosh
tog`larda daryo vodiysining qiyaligi katta bo`lgan qismida uchraydi. Ikkichi bosqichda
daryonning o`rta qismida ostki hamda yon erroziyasi ro`y beradi. Uchinchi bosqichda
daryoning dengizga quyiladigan qismida asosan yon erroziyasi bo`ladi. Bu uch
bosqich natijasida daryo vodiysi lotincha V,U, yashiksimon, tog`orasimon
ko`rinishlarga ega bo`ladi.
Daryoning ma`lum bir joyida yuz berayotgan yuvilish, oqizib ketish va yotqizish
daryodagi suvning miqdoriga qarab o`z kuchini ancha o`zgartirib turish mumkin.
Daryoda
suv miqdori bir xil yuvilsa, yuvib ketish suvning oqish tezligiga bog`liqdir.
Suvning oqish tezligi ikki barobar ko`payganda, uning oqizib ketishi 4 marta, ya`ni 2
marta, oqish tezligi uch marta ko`payganda esa 7-9 marta ortganligi aniqlangan.
Rasm
56. Daryo qismlari.
Suv oqimlari kattaligi juda ham har xil bo`lgan materialni oqizib keladi. Tog`
daryolari loy va qum bilan birga shag`al,mayda toshlarni,suv toshqini vaqtida esa
ba`zan diametri 1m dan ortiq bo`lgan toshlarni qo`chirib olib ketadi.Suv tezligi
kamaygan sari asta sekin yirik, keyin esa mayda materiallar cho`ka boshlaydi. Eng
mayda loy tuproqli zarralari yoki loyqalar ba`zan daryoning ko`l
yoki dengizga
quyilishi joyiga olib boriladi. Hatto tekislik daryolari ham suv toshqini vaqtida juda
katta oqizib ketish qobiliyatiga ega, bu vaqtda ular loyqa bilan bir qatorda ancha yirik
qum donachalari ham bo`lgan juda loyqa suv oqib keladi.
Katta daryolar asosiy oqimdan va irmoqlardan tashkil topadi: bular esa o`z
navbatida kichiqroq soylar, jilg`alar va jarlarni qabul qiladigan shaxobchalarga ega.
Oqimni qabul qiladigan suv xavzasining satxi esa “eroziya bazisi” deb ataladi.
Agar daryo o`zining ustki va ostki qatlamlaridan kattaroq tog` jinsi qatlamini uchratsa,
u bo`linib qoladi, uning bir qismiqattiq jinsning chiqib turgan joyidan pastda, o`zining
eroziya bazisini saqlab qoladi. Boshqa qismi esa qattiq jinsing chiqib turgan joyidan
Yuqorida, yangi paydo bo`lgan bazisiga moslab o`z profilini tayerlaydi.
Eroziya bazisini quruqlikda har xil ko`rinishida uchraydi. Buni O`rta Osiyo
daryolarida yaqqol ko`rish mumkin. Chunki O`rta Osiyoda yangi,
xozirgi zamon
tekislik harakatlari avj olgan bo`lib, har bir kichik daryoning eroziya bazisini va uning
regrissiv harakatini yaqqol ko`rish mumkin.
Masalan:Orol dengizi Sirdaryo bilan Amudaryo uchun eroziya bazisidir. Chirchiq
esa Ugom, Pskom daryolari uchun eroziya bazisidir.
Daryo vodiylarini ham bo`ylanma, ham ko`ndalang profilida ko`pincha zinapoyali
erlar uchraydi. Bu zinapoyalar daryo terrasalari deb ataladi. Ular eroziya bazisini
o`zgarishi natijasida vujudga keladi. Terassalar ikki xil buylama va ko`ndalang
bo`ladi.
Bo`ylama terrasalar eroziya bazisidan uning Yuqori oqimga bir nechta bo`lib,
ko`pincha gorizontal yoki sinklinal shaklida etuvchi, tsementlangan yaxlit qatlamga
jinslar ustida hosil bo`ladi. SHarshara qum shag`al kabi bo`sh jinslar ustida hosil
bo`lmaydi. Chunki daryo bunday jinslarni osongina yuvib ketadi.
Ko`ndalang terrassalar daryo eroziya bazisining cho`kishi yoki ko`tarilishi
natijasida daryoning har ikki qirg`og`ida hosil bo`ladi. Daryo uzani kengaygan sari suv
oqimi sekinlashib Cho`kindilar ko`proq to`plana boshlaydi. Avval shag`al,
qum va
so`ngra loysimon jinslar cho`kadi. Daryo keltirgan Cho`kindini tekislikdami yoki
balanddami, har qalay boshqa jinslardan ajratish mumkin.
Rasm 57. Daryo terasalari turlari.
A - errozion; B - akkumlyativ; S - aralash; 1 - allyuviy; 2 - zamin yotqiziqlari.
Daryo terrasalari turli balandlikda joylashgan bo`lib, ular bir qancha (10-15)
tagacha bo`lishi mumkin.
Terrasalar tog` orasida 200-500 kv-m tog` etaklarida esa 1000 kv km va undan
ham kattaroq maydonni ishg`ol etadi, tekisliklardagi terrassalar bir necha un ming kv
km maydonni ishgol qiladi. Bunday joylarda axoli yashaydigan qishloqlar, shaharlar
barpo etiladi va keng paxtazorlar maydonga keladi.