hosil
bo`lishi
mumkin.
Bunday
travertinalar
Turkiyaning
Paumqala
qo`riqxonasida keng rivojlangan (148-rasm).
Termal erosti suvlari er yuzasiga ko`p miqdorda
erigan krem-nezem olib
chiqadi. Bunday erosti suvlari davriy ravishda fontanlar shaklida otilib chiqadi.
Ularning harorati +95ºS gacha boradi. Geyzer suvlaridan opaldan tarkib topgan
kremniyli tuflar yoki geyzeritlar hosil bo`ladi.
Hozirgi vaqtda bunday geyzerlar Kamchatkada
va AQSHning Yellouston
milliy parkida keng rivojlangan (149-rasm).
18-rasm. Yellouston qo`riqxonasidagi geyzerlar.
17-rasm. Paumqaladagi (Turkiya) travertina yotqiziqlari.
Issiq geyzer suvlarida odatda kremnezem erigan bo`ladi.
Er yuzasida
bunday suvlarning tez sovushi tufayli kremnezem opal shaklida cho`kmaga o`tib
kremniyli tuflar – geyzeritlar hosil bo`ladi (150-rasm).
Erosti suvlarining geologik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan qo`ng`ir
temirtosh yotqiziqlari ham ma`lum. Odatda
ular temirning eruvchan
birikmalariga boyigan erosti suvlarining chiqish joylarida shakllanadi.
Bunga
misol qilib Kerch yarimorolidagi temir-ma`danli konni ko`rsatish mumkin.
Ohaktoshlarda rivojlangan karst bo`shliqlarida temir va alyuminiy gidrooksidlari
bilan boyigan qizil rangli gilli jinslar rivojlangan.
Ular karbonatli jinslarning
erimaydigan komponentlaridan tarkib topgan bo`lib, terrarossa (qizil tuproq)
deyiladi (151-rasm).
Tog` jinslari ichidagi darzliklar va g`ovakliklar bo`yicha
harakatlanuvchi
erosti suvlaridagi mineral komponentlardan
kalsit va gips tomirlari, kremniy,
siderit, fosforit va markazitning konkretsiyalari va sekretsiyalari hosil bo`ladi.
Odatda erosti suvlari terrigen cho`kindilar sementini shakllantiradi va ularni tog`
jinslariga aylantiradi.
Erosti suvlarining inson hayotidagi va xalq xo`jaligining
bir qator
muammolarini echishdagi ahamiyati juda ko`lamlidir.
Birinchi navbatda erosti suvlari qimmatli
foydali qazilma sanaladi va
aholini ichimlik suvi bilan ta`minlashda hamda qishloq xo`jaligi va sanoat uchun
kundalik ehtiyoj hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: