ortiq) va 1991 yildan 1999 yilgacha (uch mingdan ortiq) ko`chkilar sodir
bo`lgan. Bu davrlarda atmosfera yog`inlari juda ko`p bo`lganligi ham qayd
etilgan. O`tgan asrning oxirgi o`n yilligi ko`chki jarayonining juda faollashgan
yili hisoblanadi.
Ko`chkilar tufayli xalq xo`jaligi ob`ektlariga ham jiddiy zarar etkazadi.
Bunda sanoat inshootlari, temir yo`l plotnalari ham ishdan chiqishi mumkin(147-
rasm).
Erosti suvlari geologik ishining yana bir ekzotik turi bo`lib balchiq
vulkanizm hisoblanadi. Balchiq vulkanizm - bu er qa`ridan ma`lum kanallar
bo`ylab davriy ravishda gaz, suv va balchiqning otilib chiqishidir. Balchiq
vulkanlarning hosil bo`lishi uchun er po`stida suv, ko`p miqdorda gaz, gilli
jinslarning keng tarqalganligi va bu materiallarning davriy ravishda er yuzasiga
otilib chiqishi uchun anomal bosim va er yoriqlari bo`lishi lozim. Omillarning
bunday uyg`unligi asosan neft va gaz konlari rivojlangan viloyatlarda kuzatiladi
va ushbu hududning neftegazliligining bevosita belgisi hisoblanadi (qarang:
Vulkanizm).
Yer osti suvlari buzish ishlaridan tashqari materiallarni tashiydi va
yotqizadi.
Tashilish asosan kimyoviy shaklda, ya`ni chin va kolloid eritmalar
tariqasida amalga oshiriladi.
Eritmalardan cho`kindi hosil bo`lishi ularda modda konsentratsiyasining
oshishi, harorati va filtratsiyasining pasayishi va boshqa sabablar orqali ro`y
berishi mumkin.
Yer osti suvlar bilan bog`liq bo`lgan yotqiziqlar orasida ohakli va
kremniyli tuflar va qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: