83
VI –BOB. YTLATDA GRAFIKA VA GAT
6.1.Umumiy tartiblar
Yer tuzishni loyxalashda grafikaviy kompyuterda loyihalash usullaridan
keng foydalaniladi. Bunda ishlarni bajarish texnologiyasi qo‟llaniladigan dasturiy
vositalarga bog‟liq bo‟lmagan holda bir qator asosiy elementlardan tashkil topadi
(20-rasm).
20-rasm. Komp‟yuterda grafikaviy loyihalash usullari elementlari
Obyekt tasvirini kiritish skaner, digitayzer
yoki raqamli fotokamera
yordamida, standart dasturlar bo‟yicha amalga oshiriladi. Tasvirlarni taxrirlash
quyidagi dasturlar bilan o‟tkaziladi:
Microsoft Paint, Imeging, Adobe Potoshop
va boshq., «Panorama»,
«CREDO-DIALOGUE» geoaxborot texnologiyalari majmuilari yordamida ham bu
ishlarni bajarish mumkin.
Raqamli shaklga o‟tkazish
MapInfo, AutoCAD, MicroStation, WinGis, Easy
Trace,
«Panorama», «CREDO-DIALOGUE» va boshqa dasturiy majmualar
yordamida
amalga oshiriladi, ular asosida loyihalashni ham amalga oshirish
mumkin. Bu dasturlar konturlar maydonlarini
avtomatik hisoblash, ular
84
chegaralarini o‟zgartirish va maydonlarini,
chiziqlar uzunligini, konturlar guruhi
maydonlarini qayta hisoblash, eksplikatsiyalar tuzish, zarur belgilar bo‟yicha
mintaqalashtirish va boshqa ko‟plab ishlarni bajarish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: