73
muhitini yaratishdan iborat bo‘lgan. Albatta bola tarbiyasida onaning
roli turlicha, lekin bolalarning o‘z tengdoshlari, tarbiyachi bilan
muloqoti, birga o‘ynashi va birgalikda mehnat qilishi uy sharoitida
erishib bo‘lmaydigan
natijalarga, ya’ni uning sog‘lom va garmonik
rivojlanishiga imkoniyat beradi. Davlat darajasidagi maktabgacha
tarbiya tizimi faqat 1961-yildan keyin keng tarqala boshladi.
Bugungi kunga kelib, amalda har
bir yapon bolasi bolalar
bog‘chasi yoki bolalarga qarash markaziga qatnaydi [18; 43-b.].
Yaponiyada bolalar bog‘chasi.
Bolalarga nisbatan mehribonlik
va muhabbat yapon jamiyati uchun muhim jihatlardan biri bo‘lib
bunday muhabbatning asosiy va muhim manbai ayoldir. Yakin
davrlargacha yapon oilalarida ayollar o‘z oilasini asrovchi,
g‘amxo‘r xotin, mehribon ona bo‘lib bolaga
barkamol tarbiya berish
uning vazifasi hisoblanar edi. oxirgi vaqtda vaziyat o‘zgarib, yaponlar
kech turmush quryaptilar va ko‘p ayollar ishlashni xohlayaptilar yoki
ishlashga majburlar. shunga qaramay yapon
onalarining aksariyati
bolalarni 3 yoshgacha uy sharoitida tarbiyalab, keyin ijtimoylashish
uchun bolalar bog‘chalariga joylashtiradilar. Yaponiyada maktabgacha
ta’lim quyidagi muassasalarda amalga oshiriladi:
bolalar yaslisi, bolalarga qarash markazlar (hoikuen);
bolalar bog‘chalari (yōchien);
nogironlar uchun maxsus muassasalar.
Maktabgacha ta’lim umummajburiy bo‘lmasa ham bolalar
bolalar yaslilari va bog‘chalari katta ehtiyojga ega hamda bolani
bolalar bog‘chasiga joylashtirish uchun
avvalroq harakat qilish
lozim. o‘rtacha olganda bolalar bog‘chasiga joylashtirish uchun
25000 bola navbatga turadi. Yaponiyada bolani bolalar bog‘chasiga
uch yoshdan bersa bo‘ladi, yoki ko‘pincha bolani 4 yoshdan
beriladi. Maktabgacha o‘qitish muddati 3 yil davom etib so‘ngra
bola boshlang‘ich maktabga qabul qilinadi.
Bolalar yaslisiga (bolaga qarash markazi) bolani uch oyligidan
berish mumkin, lekin bunday holat yaponlar
orasida keng tarqalgan
emas, chunki bunday yoshda bolani yasliga joylashtirish uchun
onada juda jiddiy sabab bo‘lishi kerak. shuningdek, bunday ayol
jamiyat tomonidan yaxshi ona deb baholanmaydi. Atrofdagilarning
fikri esa yaponlar uchun eng asosiy deb hisoblanadi. Yaponiyada
bolalar yaslisiga faqat ota-onasi ishlaydigan bolalar qabul qilinadi.
Buning uchun munitsipalitetga ota-ona ish joyidan ma’lumotnoma
74
va oilada boshqa bolaga qarab turuvchi oila a’zosi yo‘qligi
haqida
hujjatlar taqdim etiladi. Bolalar yaslilari bolalarga qarab turish
faoliyati bilan shug‘ullanadilar va u yerda ta’lim berish dasturlari
nazarda tutilmaydi hamda ular Ta’lim, madaniyat, sport, fan va
texnologiyalar vazirligiga emas balki sog‘liqni saqlash,
mehnat va
farovonlik vazirligiga bo‘ynsunadilar.
Dostları ilə paylaş: