129
9-BOB.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI
TARBIYALASHNING MAQSAD VA VAZIFALAR
I
Reja:
9.1. Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashning
maqsad va vazifalari.
9.2. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun
sharoitlar yaratish.
9.3. Jismoniy tarbiyа. Aqliy tarbiyа. Axloqiy tarbiyа. Mehnat
tarbiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
jismoniy tarbiyа, aqliy tarbiyа, axloqiy
tarbiyа, mehnat tarbiyasi, jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush
tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot,
o‘qish
va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy
rivojlanish.
Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashning
maqsad va vazifalari
Maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i (3.07.2018-yilda
3032-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
tasdiqlandi. hujjat bilan kichik yoshdagi
bolalarni har tomonlama
rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish va maktab ta’limiga tayyorlash
bo‘yicha talablar tizimi belgilangan. Uning asosiy maqsadi –
intellektual rivojlangan va ma’nan mukammal shaxsni tarbiyalash.
Tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning har bir yoshga
mos keluvchi «ideal» rivojlanish ko‘rsatkichlari va
bunga imkon
beruvchi kattalarning harakatlari (mashqlar, o‘yinchoqlar bilan
ta’minlash, birgalikdagi o‘yinlar, bolalarni rag‘batlantirish va h.k.)
belgilangan. Talablar tizimi 5 ta asosiy rivojlanish sohasidan
iborat, har biri o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan. har bir
kichik rivojlanish sohasi bo‘yicha kutilayotgan ko‘rsatkichlar, ya’ni
bola o‘z yoshida nimalarni uddalay olishi kerakligi belgilangan
(9.1-jadvalga qarang):