T. Xudayshukurov Biznes – etiket


 Biznes bo’yicha suhbat o’tkazish etikasi



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

8. Biznes bo’yicha suhbat o’tkazish etikasi
8.1. Suhbatga kelish va yaxshi taassurot qoldirish
 
Biznesmenlar o’z faoliyati davrida hamkasblari, biznes mahsuloti 
yoki xizmati iste’molchilari, o’z qo’lostidagilar va rahbarlar bilan 
muloqotga tushishga majburdirlar. Muloqotlar reja asosida va to’satdan 
tashkil qilinishi hamda stol atrofida suhbat yoki majlis shaklida olib 
borilishi mumkin.
Amalda biznes korxona xodimlarining rahbar bilan uchrashuvi majlis 
shaklida o’tkaziladi qolgan barcha uchrashuvlar suhbat shaklida tashkil 
qilinadi. 
Suhbat ikki tomon o’rtasida bo’ladigan muloqot bo’lib, unda har 
tomondan bir yoki bir necha kishi qatnashishi mumkin. Suhbat davrida
bir–birlariga nisbatan yuzma–yuz o’tirishadi. Suhbatning muvaffaqiyatli 
o’tishi birinchi navbatda ikki tomon ishtirokchilarining ham amaldagi 
etiket qoidalariga qat’iy rioya qilishlariga hamda suhbatdoshlarning suhbat 
mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi. 
Ushbu bobda bo’lajak biznesmenlar diqqati suhbatni tashkil qilish va 
olib borish uslublariga emas, balki suhbatlar davrida rioya qilinishi kerak 
bo’lgan amaldagi etiket qoidalariga e’tibor beriladi. Shu boisdan ham bob 
materiallarini yaxshi o’zlashtirish uchun har bir kishi (talaba, kitobxon) 
o’zini suhbatni tashkil qiluvchilar, va suhbat ishtirokchilari o’rnida his 
etishi kerak. 
Xalq ichida “o’z vaqtida bo’lishlik” yoki “so’zining ustidan 
chiqishlik” – “qirollar xushmuomalaligi va monopoliya huquqi” degan 
eskidan qolgan gap bor. Bu eng qadimiy iboralardan bo’lib, uning kelib 
chiqishi chet ellik mehmon va elchilarni kutib olish qoidalarining kelib 
chiqishi bilan bog’liq. Qirollar o’zlarining tarbiyasi va xushmuomalaligi 
bilan ajralib turishi va mehmonlarni qat’iy belgilangan vaqtda kutib olishi 
kerak bo’lgan, chunki belgilangan vaqtdan salgina kechikish ham 
diplomatik missiyaga va uni yuborgan mamlakatga hurmatsizlik deb 
hisoblangan. Shu boisdan ham qirollar tomonidan chet ellik mehmon va 
elchilarni qabul qilish bo’yicha qator qoidalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular 
ichida eng asosiylari chet ellik mehmon va elchilarni kechikmasdan, qat’iy 
belgilangan vaqtda, qabul qilish va qabulni xushmuomalalik bilan olib 
borish hisoblangan. 
Yuqorida keltirilgan ibora bugungi kunda ham ba’zi bir xizmat 
sohalari (diplomatiya, vazirlik xodimlari faoliyati, biznes sohasi) uchun 
o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, aksincha biznes faoliyati bilan 


58 
shug’ullanadigan shaxslarga nisbatan vaqtning o’tishi bilan uning 
ahamiyati yanada oshib boradi. 
O’z vaqtida bo’lishlik yoki o’z so’zining ustidan chiqishlik 
biznesmenlarga nisbatan uchrashuvlarga shu jumladan suhbat va 
yig’ilishlarga kechikmasdan o’z vaqtida nafis tashqi ko’rinishda kelishni, 
bergan vadalarini belgilangan vaqtda to’la bajarishni hamda kim bilan 
qayerda va qanday vaziyatlarda munosabatga tushishidan qat’iy nazar 
xushmuomalalik bilan muloqot qilish kerakligini bildiradi. Uning sababi 
shundan iboratki, agar siz suhbat va uchrashuvlarga kechikib kelsangiz, 
ko’tayotganlar sizga hyech qanday tanbeh berishmasada, bergan 
vadangizning ustidan o’z vaqtida chiqmasangiz yoki suhbatdoshlar bilan 
qo’polroq gapiradigan bo’lsangiz, siz to’g’ringizda, o’z so’zining ustidan 
chiqmaydigan, ishonchsiz va boshqalarni hurmat qilmaydigan biznesmen 
to’g’risida fikr shakllanadi. 
O’tkazish vaqti avvaldan aniq bo’lgan suhbat va uchrashuvlarga 
amaldagi etiket qoidalariga ko’ra kechikmasdan 4 – 5 min oldin kelish 
kerak bo’ladi. Kelganda ham uchrashuv yoki suhbatgacha o’zining tashqi 
qiyofasini yana bir marta qayta nazardan o’tkazishlari shart. Agar lozim 
bo’lsa, galstuklarini to’g’rilash, maxsus joyda sochlarini tarash, kostyum 
tushmalarini o’tkazish kerak bo’ladi. 
Uchrashuv yoki suhbat xonasiga dadil qadamlar tashlab kirish, 
yuzida tabassum bilan salomlashish va qo’lini qattiq siqib ko’rishish 
tavsiya qilinadi, chunki bunday hatti–harakatlar odamning o’ziga 
ishonchliligidan va suhbatning yoki uchrashuvning ijobiy o’tishidan darak 
beradi. Bu esa biznesmenlar, ayniqsa yosh biznesmenlar uchun, yoki 
birinchi yoki bo’lajak hamkorlar bilan uchrashishda juda ham katta 
ahamiyatga ega. Buning sababi shundaki, bo’lajak hamkor yoki 
suhbatdosh to’g’risida birinchi fikr kirib kelishda kiyimiga va kiyinishiga, 
qadam tashlashiga, sochlarining sarishtaligiga va yuzidagi tabassumiga 
qarab birinchi 15 sekund davomida shakllanadi. Shu sababli ham 
madaniyatli va o’zini faqat ijobiy tomondan ko’rsatmoqchi bo’lgan 
biznesmen qayerda, kim bilan qaysi vaziyatda uchrashishlaridan qat’iy 
nazar, yuqorida ko’rsatilgan amaldagi xalqaro etiket qoidalariga qat’iy 
rioya qilishlari lozim. Amaldagi etiket qoidalariga ko’ra bironta sabablar 
bo’yicha uchrashuv yoki suhbatga kechikib kelish yoki umuman 
kelaolmaslik zaruriyati tug’ilganda, albatta, ularning tashkilotchilarini 
habardor qilish kerak. Bundan tashqari qancha vaqtga kechikishini ham 
aytish lozim. Kechikib kelganda ham o’tirganlardan kechirim so’rab, 
kechikish sababini tushuntirish lozim. 


59 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin