18– amaliy mashg`ulot. Shtangali chuqurlik nasoslarining texnologik rejimlarini hisoblash Ishning maqsadi


 Chuqurlik quduq nasoslarning yer usti jihozlari



Yüklə 438,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.11.2023
ölçüsü438,51 Kb.
#135092
1   2   3
8-AMALIY

 
18.2. Chuqurlik quduq nasoslarning yer usti jihozlari 

Quduqning usti jihozi quvurlar oralig‘idagi fazoni germetiklash, NKQning ichki 


bо‘shlig‘ini, quduqning mahsulotini chiqarib yuborish, NKQni osib qо‘yish hamda 
texnologik operatsiyalarni, ta’mirlash ishlarini va quduqda tadqiqot ishlarini olib 
borishga mо‘ljallangan. 
Quduq usti jihoziga NKQning tizmasi konstruksiyasiga bog‘liq holda 
quvurchadagi planshaybaga yoki osma quvurning korpusiga osib qо‘yiladi. 
Quduq usti shtokini zichlashda SUS1 yoki SUS2 turidagi quduq usti sal’niki 
qо‘llaniladi (18.2-rasm).
18.2.-rasm. SUS1 turidagi quduq usti sal’niki: 
1-nippel; 2-kiydiriladigan gayka; 3-vtulka; 4-sharli qopqoq; 5-boshchaning 
qopqog‘i; 6-yuqoridagi vtulka; 7-qisuvchi halqa; 8,10-manjetlar; 9-sharli boshcha; 11-



tayanch halqa; 12-pastki vtulka; 13-halqa; 14-gayka; 15-uchlik; 16-qaytarib 
qо‘yiladigan bolt; 17-barmoq. 
AUSH-65/50-14 turidagi quduq usti armaturasi namuna olgich bilan quduq usti 
quvurchasi, burchakli jо‘mrak, qayta ishga qо‘shish klapani, quduq usti salniki va osma 
quvurlardan tuzilgan (18.3-rasm). 
AUSH-65/50x14 quduq usti armaturasining texnik tavsifi 
SUS quduq usti salnikidagi ishchi bosim,MPa: 
tebratma-dastgoh ishlayotganda.................4 
tebratma-dastgoh tо‘xtab turganda.............14 
Shartli о‘tish teshigi,mm: 
stvolniki.....................................................65
bog‘lanmasiniki..................................................50 
Nasos- kompressor quvurning osmasi.........konussimon 
Osma quvurning diametri.......................................73 
Biriktiruvchi rez’balar............................NKQ rez’basi 
Quduq ustidagi qisqa quvur,mm............................146 
Gabarit о‘lchamlar,mm...........................................3452x770x1220 
Massasi,kg.................................................................160 
Quvurli osmada ikkita zichlovchi halqa mavjud bо‘ladi, pastki uchida 
chuqurlik nasosi va yuqorisida sal’nikli qurilmali NKQlar uchun asosiy ishonchli 
zveno hisoblanadi. Quvur boshchasining korpusida tadqiqot ishlarini amalga oshirish 
uchun teshik о‘rnatilgan. 
Nasos quvurlarini osib qо‘yish uchun, mahsulotlarni quduqdan otma chiziqqa
yо‘naltirish, quduq ustunini germetiklash, quvur orqa fazasidagi gazni olishni 
ta’minlash va hokazo ishlarni amalga oshirishda, quduq ustiga maxsus jihozlar
о‘rnatiladi. Quduq usti jihozi shtangali chuqurlik qurilmasi, planshaybadan va uchlik 
sal’nikdan tuzilgan. 18.4-rasmda bu jihozlarning umumiy kо‘rinishi tasvirlangan.
Tizma flanetsiga (1) planshayba (2) va unga osilgan quvur (3) о‘rnatiladi.
Planshaybada (2) quvur orqa fazosidagi gazni chiqarib yuborishda va quduqdagi 
suyuqlik sathini о‘lchash uchun teshik о‘rnatilgan. Yuqori muftaga (4) uchlik burab 
(5) о‘rnatilgan bо‘ladi, u orqali neft otma chiziqqa uzatiladi. Uchlikning 
germetikligini ta’minlash uchun hamda sal’nikli shtokni (7) tushirish uchun 
uchlikning yuqori qismiga sal’nik (6) о‘rnatiladi, bunda u yuqoridan qopqoq (8) 
bilan mahkamlanadi. 
18.5-rasmda arqonli ilgich NQAI (normal qatorli arqonli ilgich) shtangali 
aylantirgich bilan tasvirlangan. Shtangali aylantirgichlar smolali va parafinli
neftlarni qazib olishda qо‘llaniladi. Neft (suyuqlik) quduqdagi suyuqlik shtangali 
nasos orqali uchlikning yon ostidagi otma chiziqqa va undan keyin GО‘K (guruhli 
о‘lchash qurilmasi) ga uzatiladi.
Uchlikning rez’basini tushirish kо‘tarish jarayonlarida himoyalash uchun unga 
maxsus flanets burab о‘rnatiladi, ya’ni u bir vaqtning о‘zida shtangali elevatorning 
tayanchi sifatida xizmat qiladi. Sal’nik shtoki arqonli osilma yordamida kallakning 
muvozanatlagichiga ilinadi. Arqonli osilma ikkita saqlab turgichdan, traversli ponadan 
iborat bо‘ladi, arqon va sal’nik shtoklar uchun mо‘ljallangan. 



Sal’nikli shtok (6) ponali qamragich (9) qisqich yordamida yuqori traversga 
(1) osiladi, pо‘lat (9) arqonning uchiga rolik orqali oshirilgan va qisuvchi 
plashkalarda muvozanatlagich dastgohning boshchasiga mahkamlangan pastki 
travers (15), nasos plunjeri tagidagi yuk shtanga va suyuqlik ustuni bilan hosil
qilinadi, yuqori travers bu yukni qabul qiladi, tayanch vtulka (16) orqali yukni pastki 
traversga uzatadi. 

Yüklə 438,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin