"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

 
1.
 
KELISHUV PREDMETI
Mazkur Umumiy shartlar Bank va Mijozning xorijiy valyutani sotib olish-sotish 
bo‘yicha o‘zaro munosabatlarining umumiy shartlari va shartini aniqlaydi. Mijoz xorijiy 
valyutani sotib olish-sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirgan holatda, shu 
jumladan Bankka masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali mos keluvchi arizalarni 
yuborganida Umumiy shartlar bilan to‘liq tanishganligi yoki ularni akseptlanishi tan 
olinadi. 
2.1. Bank Mijozga/dan xorijiy valyutani (keyingi o‘rinlarda - Valyuta) sotadi/sotib oladi, 
Mijoz esa ushbu Valyutani mazkur Umumiy shartlarda ko‘zda tutilgan sharoitda sotib 
oladi/sotadi. 
2.2. Bankning valyuta mablag‘larini sotishi Mijozning bankni masofadan xizmat ko‘rsatish 
tizimi orqali mazkur Shartlarning ajralmas qismi hisoblangan mazkur Umumiy shartlarga 
1-Ilovaga muvofiq shaklda xorijiy valyutani xarid qilishga Arizasi asosida amalga 
oshiriladi. Arizaning shakli O‘zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligida 
o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda Bank tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi 
mumkin. Ariza shakli o‘zgargan holatda Mijoz arizani yangi shaklda taqdim etish 
majburiyatini oladi. 
2.3. Xorijiy valyutani xarid qilish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish uchun Mijozning 
Bankda operatsiya amalga oshirilayotgan kunda Bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani 
sotib olish uchun yetarli miqdorda milliy valyuta pul mablag‘lari mavjud bo‘lishi 
ta'minlanishi zarur.
2.4. Valyutaning nomi, summasi va ayirboshlash kursi, shuningdek sotib olinayotgan 
valyutadan foydalanish maqsadi Arizada ko‘rsatiladi. 
2.5. Xorijiy valyutani sotib olish bo‘yicha operatsiya Mijozning maqsadli foydalanishi 
hamda bankning masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali yo‘naltirilgan Arizalari asosida 
amalga oshiriladi. 
2.6. Bankning xorijiy valyutani sotib olishga arizani ko‘rib chiqish muddatida 2 (ikki) bank 
ish kunini tashkil etadi; 
2.7. Xorijiy valyutani sotish uchun Mijoz bankning masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi 
orqali mazkur Shartlarning ajralmas qismi hisoblangan mazkur Umumiy shartlarga 2-
ilovaga muvofiq shaklda xorijiy valyutani sotishga Ariza beradi. 
2.8. Xorijiy valyutani sotishga arizalarda valyutaning nomi, kelishuvning xarakteri, 
kurslar, xorijiy valyutada summa ko‘rsatiladi. 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
2.9. Bankning arizalarni ijro etish muddati 1 (bir) bank ish kunini tashkil etadi. Ijro 
etiladigan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni Tomonlar 1 (bir) bank ish kunida amalga 
oshiradi. 
2.10. Bank operatsiya amalga oshirilayotgan kunda Bankda o‘rnatilgan kurs bo‘yicha, 
lekin Mijozning Arizasida belgilangan kursdan past bo‘lmagan miqdorda xorijiy valyutada 
sotib olish-sotish bo‘yicha operatsiyani amalga oshiradi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin