1-ILOVA Nizoli holatlar yuzaga kelganida texnik ekspertiza o'tkazish tartibi. 1.
Mazkur Tartibda nizo holati deganda Bankning Mijoz nomidan to'g'riligi Mijozning
mas'ul vakili tomonidan "Ibank" (ERI) Tizimining mos keluvchi texnik vositalari yordamida
avtorizatsiyalanmagan ETH ni o'tkazishi, Bankning ETH ni sabablarni ko'rsatmasdan
o'tkazmasligi yuzasidan Mijozda yuzaga keladigan e'tirozlar tushuniladi. E'tirozning talablari
ETH da Mijoz ERI sini tekshirish natijalari bo'yicha belgilanishi yoki rad etilishi mumkin.
2.
Mijoz hisobvarag'idan pul mablag'lari haqiqatdan yechilgan fakti bo'lganida u Bankka
"Ibank" Tizimida Bank operatsiyani amalga oshirgan yoki oshirmagan ETH ni ko'rsatgan holda,
e'tirozning asosiy talablariga ega ariza taqdim etadi. Bank Mijozning e'tirozlarini Mijozning
hisobvarag'idan pul vositalari yechilgan ondan ikki ish kuni ichida qabul qiladi. Mijozning
e'tirozini hal qilish vaqtida Mijozning (uning barcha foydalanuvchilari) "Ibank" Tizimidagi ishi
Bank tomonidan bloklanadi.
3.
Bank Mijoz ariza berilgan sanadan besh kundan ko'p bo'lmagan muddat ichida arizani
ko'rib chiqish uchun ruxsat etish komissiyasini tuzishi kerak. Komissiya tarkibiga Mijozning
vakillari (Mijozning tanlovi bo'yicha), Bank vakillari (Bankning tanlovi bo'yicha) va zarurat
bo'lganida - mustaqil mutaxassislar jalb qilinadi. Komissiya a'zolarining tanlovi barcha
ishtirokchilar bilan kelishilgan holatda amalga oshiriladi.
Hujjat bo'yicha nizolarni hal etish uchun Mijoz Bankka mos keluvchi texnik mutaxassis,
shuningdek hujjatlarning yuridik ahamiyatini tasdiqlovchi Mijozning mas'ul vakili (avtorizator)
bilan kelishi lozim. Mijozning avtorizatori yonida ERI vositasiga (ERI yopiq kaliti bilan elektron
identifikator) ega bo'lishi lozim.
4. Ruxsat etuvchi komissiya nizo holatini ko'rib chiqishining natijasi ko'rib chiqilayotgan
hujjat ustida Mijoz elektron raqamli imzosining haqiqiyligi to'g'risida xulosaga ko'ra javobgarlik
belgilanadigan tomonni aniqlash hisoblanadi.
5. Ruxsat etish komissiyasi besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda arizani ko'rib chiqadi.
Arizani ko'rib chiqish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
5.1. Ruxsat etish komissiyasi Mijoz e'tirozining texnik ekspertizasini o'tkazadi. Texnik
ekspertiza quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:
Noqonuniy yechilgan summa uchun:
Bankning Avtomatlashtirilgan Bank Tizimida (ABT) e'tiroz hujjatiga mos tranzaktsiya
(o'tkazma) mavjudligi tekshiriladi. Mazkur tranzaktsiya bo'lmagan holatda (pul mablag'lari
yechilganligi fakti bo'lmaganida), Mijozning e'tirozi avtomat tarzda yechiladi.
Bank ABT da keltirilgan tranzaktsiya aniqlanganida unga mos keluvchi hujjat mavjudligi
tekshiriladi (elektron yoki asl to'lov hujjati). Bunday hujjat bo'lmaganida (yechishni amalga
oshirish uchun asos) Bank Mijozga noqonuniy yechilgan summani qonunchilikda belgilangan
tartibda qoplab beradi.
To'lov hujjatining asli aniqlangan holatda Mijozning e'tirozi avtomat tarzda yechiladi.
To'lov hujjatining asli mavjud bo'lmaganida va "Ibank" Tizimida elektron hujjat mavjud
bo'lganida mazkur elektron hujjatda ERI to'g'riligi tahlil qilinadi.
Hujjatlarni sababini ko'rsatmasdan o'tkazmaganlik uchun:
Mijoz tomonidan keltirilgan hujjat bekor qilinmaganligi tekshiriladi
Elektron hujjat bekor qilinganligi aniqlanganida mazkur so'rovning ERI si, shuningdek mazkur
ETH ERI si to'g'riligi tahlil qilinadi.
Elektron hujjat bekor qilinmagan holatda Bank Mijozga qonunchilikda belgilangan tartibda
yetkazilgan zararni qoplab beradi.
5.2. Ruxsat etish komissiyasi Mijoz ETH da Mijoz ERI sining texnik ekspertizasini
o'tkazadi, aynan:
Bank mazkur ETH ga mos keluvchi ERI ni taqdim etishi mumkin.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
ERI mavjud bo'lganida hujjatni imzolagan Mijoz foydalanuvchisi aniqlanadi.
Shunday foydalanuvchi aniqlanganida "Ibank" Tizimi ma'lumotlar bazasida mazkur
foydalanuvchi faol ochiq ERI kalitining mos keluvchi davrda va unga mos Sertifikatda qidiruvi
amalga oshiriladi.
Keltirilgan faol ochiq kalit aniqlangan holatda mos keluvchi (e'tirozli) ETH tekshiruvi amalga
oshiriladi. ERI tasdiqlangan holatda Mijozning e'tirozi avtomat tarzida yechiladi.
5.3. ERI mavjud bo'lmaganida (ko'chirishni amalga oshirish uchun hujjat verifikatsiyasi),
hujjatni imzolagan foydalanuvchini aniqlash imkoni bo'lmaganida (soxtalashtirilgan ERI), ochiq
kalit bo'lmaganida (ERI ni tekshirish imkonsizligi) yoki ERI tasdiqlanmaganda (ko'chirish uchun
hujjat verifikatsiyasi), Mijozning faol ochiq kalitiga mos keluvchi Sertifikat bo'lmaganida (kalitlar
nomuvofiqligi), Bank Mijozga qonunchilikda belgilangan tartibda noqonuniy yechilgan summani
qoplab beradi.
5.4. Agar mazkur Shartlarning 2.7-bandiga muvofiq mazkur turdagi ETH uchun ikkita ERI
talab etilsa, unda yuqorida keltirilgan tekshiruv jarayoni har bir ERI uchun amalga oshiriladi.
E'tirozli ETH da barcha ERI lar verifikatsiyasi tasdiqlangan holatdagina Mijoz E'tirozi yechiladi.
5.5. Texnik ekspertiza ma'lumotlari asosida ruxsat etish komissiyasi Bayonnoma
rasmiylashtiradi.
6. Ruxsat etuvchi komissiya tomonidan mijozning ERI si to'g'riligi hamda Mijozga yopiq
ERI kaliti tegishli ekanligi tasdiqlangan holatda Bank Mijoz oldida mazkur e'tirozli ETH uchun
javobgar bo'lmaydi.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Ibank dasturiy kompleksidan foydalanib
Mijozga xizmat ko'rsatishning umumiy shartlariga