Lisoniy vaziyat. Til siyosati.
Reja:
1. Lisoniy vaziyat
2. Ekzogloss
lisoniy vaziyat
3. Endogloss lisoniy vaziyat
4. Lisoniy qurilmalar
Tayanch so‘z va tushunchalar:
lisoniy vaziyat, ekzogloss lisoniy vaziyat,
muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan ekzogloss lisoniy vaziyat, endogloss lisoniy
vaziyat, muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan endogloss lisoniy vaziyat, til siyosati,
ichki til siyosati, tashqi til siyosati, tilni planlashtirish.
.
Lisoniy vaziyat
tushunchasi 30-yillarda Osiyo
va Afrika tillari bilan
shug‗ullanuvchi chet ellik tilshunoslarning ilmiy ishlarida birinchi bor qo‗llangan.
60-yillarga kelib sobiq Sho‗ro va Amerika tilshunoslari bu tushunchaga ahamiyat
berib, unga sotsiolingvistik ta‘rif berishdi
1
.
C.A.Fergusonning fikricha,
“lisoniy vaziyat”
(language situation) deyilganda,
muayyan
bir vaqtda, muayyan bir joyda qanday tildan foydalaniladi, tillarning soni,
qanday turdagi til ushbu hududda ishlatiladi, qancha odam, qanday sharoitda bu tilda
gaplashadi, ushbu jamoa a‘zolarining bu tilga bo‗lgan munosabati, umuman, tilning
qo‗llanish doirasi haqidagi masalalar tushuniladi
2
.
Muayyan lisoniy hamjamiyatning u yoki bu davridagi
ijtimoiy-kommunikativ
tizim tarkibiy qismlari orasidagi funksional munosabat ushbu hamjamiyatga xos
bo‗lgan
lisoniy vaziyatni
shakllantiradi. Bu munosabatlar ko‗pincha barqaror bo‗ladi.
Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyatning, davlat tuzilishining o‗zgarishi, iqtisodiy
islohotlar, ijtimoiy va milliy siyosatdagi yangi yo‗nalishlar va h.k.
ijtimoiy-
kommunikativ tizimning holatiga, uning tarkibiga, funksiyasiga va uning qismlari
bo‗lgan kodlar va subkodlarga ta‘sir qilishi mumkin.
―Lisoniy vaziyat‖
tushunchasi, odatda, katta til hamjamiyatlariga –
mamlakatlar, hududlar, respublikalarga nisbatan qo‗llaniladi. Bu tushuncha uchun
zamon omili muhim hisoblanadi, ya‘ni
lisoniy vaziyat
ijtimoiy-kommunikativ
tizimning muayyan davridagi faoliyatidir.
Masalan, Ukrainada ijtimoiy-kommunikativ tizimning asosiy
tarkibiy qismlari
ukrain va rus tillari hisoblanadi (bulardan tashqari, belorus, bolgar, venger, chex va
1
Швейцер А.Д., Никольский Л.Б. Введение в социолингвистику. –М.: Высшая школа, 1978. –С. 86.
2
Ferguson C.A. Language structure and language use. – Stanford, 1971. –P. 157.
2
boshqa tillar ham mavjud). SSSRning tarqalishigacha bu tillar orasida tenglik,
muvozanat saqlangan.
Binobarin, maktablarda ta‘lim ukrain va rus tillarida olib
borilgan, oliy ta‘lim va ilmiy sohalarda (tabiiy va texnik fanlarda ko‗proq rus tili,
ijtimoiy fanlarda ko‗proq ukrain tilidan foydalanilgan) har ikkala til qo‗llanilgan.
1990-yillarga kelib Ukrainada rus tilining vazifalari qisqarib, u o‗rta va oliy ta‘lim,
ilm-fan,
madaniyat sohalaridan, hatto, kundalik muloqotdan ham siqib chiqarila
boshlandi.
Tabiiyki, bunday o‗zgarishlar lisoniy vaziyatning o‗zgaruvchanligini
ko‗rsatadi, ayni paytda ukrain jamoasiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-kommunikativ
tizimning tarkibi avvalgidek qoladi
3
.
Umuman, lisoniy vaziyatlar obyektiv omillar – ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar
hamda subyektiv omil – davlatda olib borilayotgan til siyosatiga bog‗liq bo‗ladi.
Lisoniy vaziyatlar uni tarkib toptirgan qismlar tavsifiga ko‗ra ekzogloss va endogloss
turlarga ajraladi.
Har
xil tillar majmuyiga