Kasb tiliga Koreyadagi
jenshen
terrorchilarining
Arabistonda—
xunarmandlar tili kiradi.
4.
Marosimlar tili . Diniy tillarga o‗lik eski yozuv va xozirgi zamon tillari
kiradi. Lotin – katalizmda; eski slovyan – provaslav cherkov tili; sanskrit –
hinduizmda (va xozirga vaqtdagi induslar madaniyati); Pali – buddizmda (xozirgi
vaqtda Seylonda an'anaviy fan tili); Mumtoz arab – yaqin va o‗rta sharqdagi islom
tili.
Til siyosati deganda, davlat, sinf, ijtimoiy guruhlarning mavjud tillar yoki til osti
tizimlari vazifalarini o‗zgartirish yoki saqlab qolish, yangi lingvistik me‘yorlarni
joriy qilish yoki eski me‘yorlarni saqlab qolishga qaratilgan tadbirlar majmuyi
tushuniladi.
Til siyosatini ichki va tashqi til siyosatiga ajratish mumkin.
Ichki til siyosati deganda, muayyan davlat doirasida bir yoki bir qancha tillarga nisbatan qo‗llanilgan
chora-tadbirlar majmuyi ko‗zda tutiladi. Ko‗p millatli davlatlarda bir qancha tillar
faoliyat ko‗rsatadi, shuning uchun ham bunday davlatlarning til siyosati milliy
siyosatning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Ispaniyada ispan
(kastil), katalon, galisiy va bask tillari rasmiy tillar hisoblanadi. Yoki Fransiyani
oladigan bo‗lsak, uning ichki til siyosati birinchi galda fransuz tilini unifikatsiya
qilish, yoyish va mashhur qilishga qaratilgan. Fransuz hukumatining 1989-yil 2-
iyundagi dekreti bilan Fransuz tili boshqarmasi (DGLF) tashkil qilingan. Mazkur
tashkilotning vazifasi fransuz tilini to‗g‗ri qo‗llash va uni yoyishga ko‗maklashadigan
boshqarmalar, davlat va nodavlat tashkilotlarini nazorat qilish, til masalalari bilan
shug‗ullanishdan iborat. Fransuz tili boshqarmasi davlat til siyosatini uch tamoyil
asosida hayotga tatbiq qilish vakolatini olgan: 1) Respublika tili bo‗lgan fransuz tili
obro‗yini oshirish; 2) fransuz tilining xalqaro muloqotdagi rolini mustahkamlash; 3)
turli til va madaniyatlarni hurmat qilish hamda plurilingvizmni qo‗llab-quvvatlash.
O‗zbekistonning ichki til siyosatiga 1989-yildagi ―O‗zbekiston Respublikasining
Davlat tili to‗g‗risida‖gi Qonuni, 1995-yildagi mazkur qonunning yangi tahriri, 1993-
yildagi ―Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risidagi‖, 1997-
yildagi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi qonunlarning qabul qilinishi
va h.k.ni misol qilib keltirish mumkin.