10
Oltinchidan,
din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham
mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni,
dorulfano va dorulbaqo kabi dunyo masalalariga o‘z munosabatini
bildirib turishidan iboratdir.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ldi. Shuning uchun
ham dinni o‘rganish – bu insoniyatni o‘rganish
demakdir. Dinni
insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo‘lmasligini
tarixning
o‘zi isbotladi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining
ma’lum millat yoki xalqqa xosligi
yoxud millat tanlamasligiga
ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi:
1.
Urug‘-qabila dinlari
– totemistik,
animistik, fetishistik
tasav vurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon
yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat va jahon
dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib,
hozirda Avstraliya, Janubiy
Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2.
Milliy dinlar
– ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat
vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar.
Ularga yahudiylik
(yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), konfutsiylik
(xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) kiradi;
3.
Jahon dinlari
– dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning
millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod
qilishlari mumkin
bo‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik
va islom dinlari
kiradi.
Dostları ilə paylaş: