23
Lokal maqsadlarga qo’yiladigan quyidagi umumiy talablar mavjud:
- maqsadlarning aniq va o’lchash imkoniyati bo’lishi kerak;
- maqsadlar vaqt bo’yicha qisqa davrga, o’rta davrga,
uzoq davrga
mo’ljallangan bo’lishi kerak;
- maqsadlar erishishi mumkin imkoniyatda bo’lishi kerak;
- maqsadlar bir-biriga zid bo’lmasligi kerak.
Iqtisodiy strategiyaning lokal maqsadlari ichki va tashqi omillar
ta`sirida shakllanadi. Ularni birgalikdagi hisobi
korxona asosiy vazifalarini
ifodalashga, uni ishlab chiqarish turi va raqobatdoshligini baholashga imkon
beradi.
Korxonaning asosiy vazifasini (missiyani) ifodalash
iqtisodiy
strategiyaning asosiy elementlaridan (maqsadlaridan) hisoblanadi.
Missiya deb, umumiy asosiy maqsadga aytiladi - maqsadda
korxonaning bog’liqlik sabablari aks etishi kerak.
Missiyaning ifodasi quyidagi elementlarni o’z ichiga olishi kerak:
1. Firmaning asosiy tovarlari va xizmatlarini uning
asosiy bozori va asosiy
texnologiyasi nuqtai nazaridan uning maqsadi. Missiya, firma qanday
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ulanishi savoliga javob beradi.
2. Tashqi xo’jalik muhitini firmaga munosabati bo’yicha ta’riflash,
firmaning
mehnat parametrlarini, uning vazifasidagi shart-sharoitlar to’plash,
cheklanishlarni aniqlaydi.
3.
Firma madaniyati, uning ostida firmaning ichidagi mavjud mehnat muhiti
xarakteri tushuniladi. Madaniyat tushunchasiga shuningdek firma obro`i,
uning biznesdagi o’rni, u haqida jamiyatdagi fikrlar tushuniladi.
Firmaning missiyasi mijozlarni jalb eshtish omili sifatida xizmat qiladi.
Masalan, taniqli “Ford” kompaniyasi missiyasining ifodasi - “insonlarga
arzon transport taklif etishdir”.
Firma missiyasi uning ishlab chiqarish ixtisosligini
oldindan aniqlaydi,
ya`ni uning tarkibini, tuzilishini va iste`molchilarning
talabini sifatli
resurslardan foydalanib tovar va xizmatlar bilan qondiradi.
Dostları ilə paylaş: