S = (T o’t + T to’x ) n/60 . F sm , bu yerda: T
o’t
– ikki punkt orasida o’rtacha harakatlanish vaqti, min; T
to’x
– buyurtmachi punktda to’xtash vaqti, min; n – punktlar soni.
Transport xo’jaligini boshqarish. Korxonada transport xo’jaligini
boshqarish transport xo’jaligini tashkil etish turiga bog’liq holda amalga
oshiriladi. Umumzavod transporti faoliyatini boshqarish korxona transport
bo’limining boshlig’i vazifasiga kiradi.
Markazlashgan tarzda yuk tashish asosan mahsulot ishlab
chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun korxona tovar
qabul qiluvchi xo’jaliklar bilan oldindan tuzilgan shartnoma asosida yuk
hajmlarini va yuk olib borib beradigan punktlar sonini aniqlab, transport
xo’jaliklaridan buyurtma asosida mashina oladi. Mashina haydovchi
omborlardan ishlatiladi. Qabul qilib olib, shartnomada belgilangan
punktlarga olib borib topshiradi. Yukni olib boruvchi haydovchi bu usulda
ekspeditorlik vazifasini ham bajaradi. Yuklarni markazlashgan tarzda
tashishning afzalligi shundaki, tovar bilan ta`minlovchi korxonalar o’z vaqtida
mollarni belgilangan joyga yetkazib beradi. Korxona tovar qabul qiluvchilar
bilan tuzilgan grafik asosida mexanizmlar yordamida yuklarni tushirish va
ortish ishlarini bajaradi. Yuk ortish va tushirish mexanizmlarini qo’llash qo’l
mehnati ulushini kamaytirib, yuk oboroti tannarxini pasaytiradi. Oddiy yuk
tashish usulida yukni qabul qilib oluvchi taraf yuk transportini o’zi tashkil
etib, yuk ortish va ekspeditorlik vazifasini o’zi bajaradi.
Transport xo’jaligi faolyaitini takomillashtirish yo’nalishlari: ko’tarish-
tushirish, yuklash, tashish ishlarini mexanizasiyalashtirish; yuklarni tashishda
konteynerlardan keng foydalanish; mexanizasiyalashtirilgan omborxonalar
tashkil etish; yuk tashish, yuklash, saqlash ishlarini bajarilish texnologiyasini
takomillashtiri; transport xo’jaligini boshqarishni takomillashtirish.