113
marshrutlar esa yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida
qo’llaniladi.
Transport harakati yo’nalishlari tebranuvchan hamda halqasimon
bo’lishi mumkin. Tebranuvchan harakat yo’nalishi ikki doimiy punkt
o’rtasida yuk tashishda qo’llaniladi. Tebranuvchan harakat yo’nalishining
quyidagi ko’rinishlari mavjud:
a) bir tomonlama harakat qiluvchi yo’nalish. Bunda avtomashina faqat
bir tomonga yuk olib boradi, ikkinchi tomonga esa bo’sh qaytadi. Masalan,
buyurtmachiga maishiy jihoz, mebel tashib keltirish; korxonaga xom-ashyo
material keltirish;
b) ikki tomonlama tebrauvchan yo’nalishda avtomashina har ikki
tomonga yuk bilan boradi. Masalan, kiyimlarni kimyoviy tozalashda
buyumlarni qabul punkti va ixtisoslashtirilgan korxona o’rtasida tashish;
v) tarmoqlangan (yelpig’ichsimon) yo’nalishda avtomashina bir
punktdan bir nechta korxonaga yuk tashiydi. Bunda har safar tebranuvchan
harakat qiladi.
Halqasimon harakat turida transport turlari avvaldan tuzilgan grafik
bo’yicha o’zaro bog’langan korxonalarga ketma-ket ravishda yuk tashiydi.
Halqa- simon yo’nalishning quyidagi ko’rinishlari mavjud: yuk oqimi o’sib
boruvchi, yuk oqimi kamayib boruvchi.
Birinchi holatda mashina boshlang’ich punktdan bo’sh chiqib
punktlarni aylanib to’lib boradi. Masalan, ta`minotchi korxonalardan xom-
ashyo material va ehtiyot qismlarni yig’ish. Ikkinchi holatda aksincha,
boshlang’ich punktdan to’liq yuk bilan chiqib bo’sh qaytadi. Masalan,
ixtisoslashgan ta`mirlash korxonalaridan qabul punktlarga ta`mirlangan
buyumlarni tashish.
Har ikki holatda ham avtotransportdan to’liq foydalanilmaydi. Chunki,
yo’nalishning ma`lum qismida mashina yuksiz harakatlanadi. Shu sababdan
tekis yuk oqimli halqaviy yo’nalishni tashkil etish samaraliroqdir. Bunda
avtomashinalar har bir punktda yukni topshirib boshqasini yuklaydi. Ushbu
yo’nalish turidan ko’proq maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarida
foydalaniladi.
Avtotransport yo’nalishlarini belgilash uchun asos bo’lib xizmat
ko’rsatish talab etilgan korxonalar karta sxemasi, ular orasidagi masofa
to’g’risidagi ma`lumot, yo’llar holati kabi ma`lumotlar xizmat qiladi. Har bir
yo’nalish uchun transport vositalari harakat grafigi tuziladi.
Transport ishlari hajmini belgilovchi asosiy ko’rsatkich bo’lib
Dostları ilə paylaş: