O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Jan-Pol Sartr (1905–1980)
va ekzistensializm. 
XX asr fransuz 
adabiyotining taniqli namoyandasi, faylasuf va yozuvchi, ekzisten-
siyachilik ta’limotining asoschisi Jan-Pol Sartr 1905-yil 21-iyun 
kuni Parijda tug‘ildi. La-Roshel va Parijdagi litseylarda o‘qib, key
-
inchalik oliy maktabni tamomlagach, Gavr, Lion, Parij litseylarida 
falsafadan dars berdi. 1933–1934-yillarda Germaniyada chet el va 
nemis ekzistensiyachilik nazariyasini, Edmund Gusserl fenome
-
nologiyasi va Xaydegger ontologiyasini chuqur o‘rgandi. Sartrning 
ilk falsafiy asarlari “Tasavvur” va “Hayajonlar nazariyasiga chizgi
-
lar” 1936–1940-yillarda yozdi. Aynan shu davrda uning birinchi ad
-
abiy asarlari “Behuzurlik”(1938) va “Devor”(1939) ham bosmadan 
chiqdi. 
Sartr 1943–1949-yillarda yozilgan “Ozodlikning yo‘llari”, 
“Pashshalar”(1943), “Yopiq eshik ortida”(1945), “Ko‘milmagan 
mayyitlar”(1946), “Iflos qo‘llar”(1946), “Iblis va Xudo”(1951), 
“Nekrasov”(1956) kabi badiiy asarlarida, “Bodler”(1947), “Avliyo 
Jene”(1952) asarlarida esa tanqidiy fikrlarini bayon qildi. “Holat
-
lar”(1947–1956) asarida uning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-tanqidiy fi
-
krlari o‘z ifodasini topgan. 
“Ekzistensiyachilik, bu – hayotbaxshlilik, harakat haqidagi 
ta’limotdir”, – deb yozadi Sartr. Ekzistensializm – bu kun ko‘rish 
falsafasi. Kun ko‘rishning asosi – kechinma. Shaxs o‘zining bor
-
liq – olamdagi mavjudligini kechinmalari orqali idrok etadi. Shunga 
ko‘ra shaxsning ongi doim boshqa bir narsalarga qaratilgan. Boshqa 
narsalar hamisha uni o‘ziga tortib mashg‘ul qilib turadi, kechinma-
larni uyg‘otadi, qo‘zg‘atadi, ularga yo‘nalish beradi. 
“Behuzurlik” romani ekzistensiyachilik g‘oyasini bilish uc
-
hun o‘ziga xos darslik vazifasini bajarishi mumkin. Asar kundalik 


240
shaklida yozilgan bo‘lsa-da, o‘ziga xos turi: u individum(har bir 
mustaqil tirik organizm)ning kundaligi emas, individ(shaxs)ning 
kundaligi. “Sizga kundalikni o‘qish jarayonida ham, uni tugatgan-
dan keyin ham muallifi haqida hech narsa ma’lum bo‘lmaydi. Bu 
shaxsning kundaligi emas, zotning kundaligi”, – deb yozgan edi 
Antuan Arkanten. Odam daf’atan, hech bir sababsiz atrofidagi ol
-
amga va jumladan, o‘ziga ham o‘zgacha qaray boshlaydi. U hamma 
qatori odatiy hayot kechiradi va to‘satdan olam parchalanib ketayo
-
tgani, odat bo‘lib qolgan narsalar noodatiy bo‘la boshlayotganini 
his qilayotganini sezib qoladi. Tushunib olish maqsadida kundalik 
yozishni boshlashga qaror qiladi. U o‘z fikrlarini yozib borar ekan, 
qo‘qqisdan bu dunyodagi barcha narsalar, jumladan, uning o‘zi ham 
shunchaki yashayotganini, tasodifan ekanini anglaydi. Juda chiroyli 
manzara: quyosh nurlari tushib turgan oppoq devor, did bilan kiyin
-
gan yigit va qiz peshvoz yurib kelmoqda, hamma ularning uchrashi
-
shi va bir-biridan bo‘sa olishlarini kutmoqda, biroq ular... to‘xtamay 
o‘tib ketadilar. Bu uning xayolida yaratilgan manzara. (Sartrning 
turmush o‘rtog‘i adiba Simona Dyubuaning “Dilbar odam”( yoki 
“Go‘zal manzaralar”) romanining qahramoni dekoratsiya ishlov
-
chi rassom, dizayner, u ba’zi alohida predmetlardan yaxlit surat 
yasash ustida ishlaydi. Ayol vitrinalar yonidan o‘tib borar ekan, 
qo‘lqoplarni ko‘rib qolib, juda ham sotib olmoqchi bo‘ladi, sotib ol
-
gach, uyiga kelganida qo‘lqopni tomosha qilib, nima sababdan sotib 
olganini tushunmaydi. Biroq u o‘z kasbining ustasi, shuning uchun 
qo‘lqop, go‘zal manzarani yaratish uchun kerakli va yetishmayotgan 
detal ekanini anglaydi). Sartrda ham shunga o‘xshash vaziyat yu
-
zaga keladi. Unga olamning manzarasi bo‘lmasligi ma’lum bo‘ladi. 
Uning o‘rnida xaos(turli elementlarning tartibsiz joylashishi) ma
-
vjud bo‘lib, odam uning oldida yalang‘och va sarpoychang, u qabul 
qilishi yoki rad etishi mumkin. Asar qahramoni Rokanten tanlash 
payti kelganda, oldinga qadam tashlaydi va erkinlikni his qiladi. U 
“daraxt” deb ataluvchi predmetni, predmet turi ma’nosida emas, bal
-
ki qandaydir noyob narsa ma’nosida ko‘radi. Qahramon qandaydir 


241
nodir narsani ko‘rgandek, bu po‘stloqni, uning g‘adir-budurliklarini, 
har bir yaproqni, bu novdalarni, bu ildizlarni ko‘radi, u o‘zini shu 
daraxt deb sezadi, bu betakror, ajoyib daraxtning hayotini his qiladi. 
Muallifning fikricha mana shu holat reallikdir.
Rokanten o‘zining yozuvchilik, tadqiqotchilikka iqtidori bor-
ligini his qiladi. U o‘z ichki dunyosi va u orqali tashqi olam narsa-
hodisalarini to‘xtovsiz kuzatadi, ular ustida o‘y suradi. U mushoha-
da odami. Ko‘zi tushgan narsalarga uzoq tikiladi. Tikilib turganida 
goho kutilmaganda bir qo‘rqinch paydo bo‘ladi. Ba’zan kuzatayot
-
gan narsalari unda intihosiz nafrat qo‘zg‘atadi. Nafrati behuzurlikka 
aylanadi. Lekin uning mushohadalari o‘tkir va juda nafis. U o‘zida 
fikr paydo bo‘lishini shunday kuzatadi: 
“Fikrlarim so‘z libosiga 
burkanmaydi, ko‘pincha ular tuman parchalariga aylanadi, g‘alati, 
noayon shakllarga kiradi, biri uzra boshqasi qalashadi va men ular-
ni o‘sha zahoti unutaman...”
Sartrning “Behuzurlik” romani ekzistensializm falsafasi mohi
-
yatini o‘zida to‘la mujassam etgan asaridir.
Yozuvchining “Pashshalar”, “Yopiq eshik ortida” pyesalari hamda 
“Hayot va o‘lim” falsafiy asari Ikkinchi jahon urushi yillari yozildi. 
“Pashshalar” pyesasida odamlar uchun dunyoda ob’ektiv 
ma’naviyat mavjud emas va ular o‘zlariga ma’qul bo‘lgan tanlovni 
qabul qilishga haqlidirlar, degan g‘oya yotadi. Antik davr syujeti 
asosida yozilgan pyesa qahramoni Orest Zevs oldida otasiga xiyo
-
nat qilgan o‘z onasini o‘ldirgani uchun kechirim so‘rashdan bosh 
tortadi. Fransiya fashistlar Germaniyasi tomonidan istilo qilingan 
bir davrda asarda ozodlik va erkinlikka ehtirosli chaqiriq bor edi. 
“Yopiq eshik ortida” pyesasi do‘zaxga loyiq topilgan uch person
-
ajning suhbatidan iborat bo‘lib, ekzistensializm iborasi bilan aytil-
ganda, mavjudlik mohiyatdan oldinda, insonning xarakteri muayyan 
harakatlarni bajarganda shakllanadi, hal qiluvchi daqiqada qahra-
mon cho‘chisa, u mohiyatan qo‘rqoq bo‘ladi. Sartrning fikricha, 
ko‘pgina odamlar o‘zlarini atrofdagilar qanday baholasalar, shunday 
deb qabul qiladilar. 


242
“Hayot va o‘lim” falsafiy asarida Sartr, “ong o‘z –o‘zidan 
bo‘lmaydi, tashqi olamni, atrofimizdagi narsalarni anglash bor”, – 
degan fikrni ilgari suradi. Odamlar o‘z qilmishlari uchun o‘zlarining 
oldida javob beradilar, umuman, kishilar buning uchun hisob bera-
dilarmi-bermaydilarmi, har qanday harakat qandaydir qiymat kasb 
etadi, deydi muallif
31
.
Sartrning estetikasi ko‘proq amaliy xarakterga ega: u butun ijodin
-
ing uzviy qismini tashkil qilib, falsafiy va badiiy ijodga bog‘lanadi. 
Uning estetikasida muayyan tizimning o‘zi yo‘q, biroq asosiy es-
tetik g‘oya va tamoyillarni ko‘rish mumkin. U o‘zining “Adabiyot 
nima?” risolasida zamonaviy jamiyatdagi san’atkor va adabiyotning 
mavqeyi haqida fikr yuritib, yozuvchilarni so‘zlardan foydalanu
-
vchi odam, u anglatadi, isbotlaydi, ishontiradi, ishora qiladi desa, 
shoirlarni so‘zdan foydalanishni inkor qiluvchi odamlar, ular uchun 
so‘zlar tabiiy narsalar deydi. “Nasr reallik bilan, she’riyat tasavvur 
bilan bog‘liq. Nasrda ijod ongli ixtiyor, mas’uliyat va muallifning 
axloqi bilan shartlanadi, she’riyatda esa ijod – muallifning anglab 
yetmagan dunyosi, anglab yetmagan tajribasi mahsuli: “Nosir o‘z 
suratini chizgan bir paytda, deydi Sartr , – she’riyat inson haqida 
afsona yaratadi”.
32
Sartrning faoliyatida adabiy ijod va san’atga katta o‘rin ajratil-
gan. Yozuvchi hamma ijodkorlar kabi, umuman, barcha narsa haqi-
da so‘zlashi kerak, shuningdek, sub’ektiv va ob’ektiv dunyo haqida 
ham. Inson hayotidagi hech qanday muammo uning uchun qorong‘i 
yoki begona bo‘lishi mumkin emas. Insoniyat hamda inson dunyo-
siga tegishli hamma narsa yozuvchi va ijodkorning ijodiy qarashlari 
sohasiga tegishlidir.
Faylasufning tushunchasida nasr bu – muhim ramz, nisho
-
nalarni yaratadigan idrok quroli kabi semantik tildir. She’riyat 
– assemantik til. U tasvir va kuy kabi hissiy hamda tuyg‘un, 
31
Ermatov H. Nobel mukofoti sovrindorlari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi 
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2011-y.
32
Долгов К. Эстетика Жан-Поля Сартра. – М.: “Знание”, 1990.


243
jo‘shqin narsalarning xususiyatlari va ma’nosini ochib beradi
33
.
1964-yili “erkinlik ruhi bilan sug‘orilgan va mohiyatni izlagan 
g‘oyalarga boy, davrimizga ulkan ta’sir ko‘rsatgan ijodi uchun” Sar-
trga xalqaro Nobel mukofoti berildi, biroq u mukofotdan voz ke
-
chib, o‘z qarorini mukofotning shuhrati uning siyosiy faoliyatiga 
to‘sqinlik qilishi mumkinligi bilan izohladi. Jan-Pol Sartr 1980-yili 
Parijda vafot etdi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin