35
vobi oladi. Exo alamidan g‘orga kirib ketadi va dard chekib qurib,
ovozigina qoladi. Jismi esa toshga aylanadi. Kim u yerga kirib gapirsa,
faqat exo – aks-sado qaytadi. Hamma to‘planib, qasos ma’budasi Ne
-
mezidga “Nargizni jazola!” deydi. Nemezid istakni bajaradi: “Nargiz
o‘zini sevib, o‘ziga yetolmay azob cheksin”, deydi.
Kunlardan bir kun
Nargiz ovdan qaytayotib chanqaydi va suvga boradi. Suvda o‘z ak
-
sini ko‘rib esa, sevib qoladi. Suvdagi aksga yetolmay, yig‘lab
iztirob
chekadi. Shunday azoblanadiki, axiyri qovjirab quriydi…
Odamlar
ancha vaqtdan keyin sohilda bir gulni topib olishadi: Oq Nargiz gulni.
Bu afsona keyinchalik adabiyotda turfa ko‘rinishlarda yashaydi.
Chunonchi, Rim shoiri Ovidiy “Metamorfoza” asarida Nargiz gulni
qanday paydo bo‘lishi haqida batafsil yozadi.
Pandora haqidagi mif.
Zamonaviy dunyoda urushlarn-
ing ko‘payib ketganini Pandora qutisining
ochilib ketishi bi
-
lan bog‘lashlar ham bor. U qanday quti edi? Pandora kim? Pan
-
dora – Prometey ma’budlardan olovni o‘g‘irlagani uchun in
-
sonlarni, xususan, erkaklarni jazolash
maqsadida yaratilgan ilk
ayol. Demak, mifga ko‘ra, Pandoragacha ayol zoti bo‘lmagan.
Pandora Prometeyning ukasiga xotin bo‘ladi. Prometey ukasi Epim
-
eteyning uyida hamma narsa muhayyo bo‘lib, burchakda bir quti
ham bo‘ladi. Pandoraga shu birgina qutiga tegma, qolgan hamma
narsa seniki, deya buyuriladi. (E’tibor bering, ushbu mif Odam Ato
va Momo Havoning yerga tushish sababini yodga soladi!) Ammo
ayolni o‘sha quti o‘ziga tortaveradi. Yursa-tursa, o‘sha qutini
o‘ylaydi. Qiziqish o‘zining haddi a’losiga yetadi. Nihoyat, u o‘sha
qutini ochib yuboradi. Natijada qutiga qamab qo‘yilgan yovuz ruh
-
lar tashqariga otilib chiqadi. Pandora shoshib qutini yopadi, qutining
tubida zaifgina umid qolib ketadi.
Shundan beri dunyoda urushlar,
musibatlar, kulfatlar arimas ekan. Lekin umid bor, u qutining ichi
-
da turibdi. Mifning mohiyatiga chuqurroq kirsak,
har bir insonning
botinida ana shunday Pandora qutisi borligi, uning ochilib ketmaslik
tadorigini ko‘rib yashash esa har bir kishining o‘z qo‘lida ekanligi
ayonlashadi.