O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156
jaxon adabiyati songisi

hikoya-shvank-


100
lar 
yuzaga keladi. Ayniqsa, Shtrikkerning “Pop Amis” haqidagi 
hikoyalar turkumida fablioning ta’siri yaqqol ko‘rinadi.
“Tulki haqida roman” shahar adabiyotining xarakterli asarlaridan 
biri hisoblanadi. U Ovrupa xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan tulkin
-
ing qilmishlari to‘g‘risidagi ertaklar asosida yuzaga kelgan. 
Salkam bir asr (XII asrning oxirlari-XIII asrning boshlari) mo
-
baynidagi voqealarni qamrab olgan bu roman-epopeyaning yaratil
-
ishida ko‘p avtorlar qatnashgan. Turli hikoyalardagi qahramonlar 
xarakterining umumiyligi bu hikoyalarning birlashib yagona roman 
sifatida shakllanishiga imkon bergan. 
Shaharlarning rivojlanishi shahar tabaqalarining feodal hukm-
ronlariga qarshi kurashini ham keskinlashtiradi. Shahar tabaqalari 
adabiyotdan o‘z dushmanlariga qarshi kurash qiroli sifatida foydala-
nadilar. Masalan, “Tulki haqida roman” da epchil, dono va tadbirkor 
tulki Renarning qo‘pol va qonho‘r bo‘ri Izengrim bilan olib borgan 
kurashlari tasvirida roman avtorlari shaharliklarning manfaatini 
ifodalab, hukmron feodal din ahllariga qarshi yovsiz o‘t ochadilar. 
Feodal olamining vakillari – vahshiy tabiatli qo‘pol kuchlar epchil 
tulkiga masxara bo‘ladilar. Qirol arslon Nobol, saroy voizi eshak Bo
-
duen, qirollik armiyasining jarchisi xo‘roz Shanteklar, beso‘naqay 
ayiq Bryon (yirik feodal), yovuz, qo‘pol va ochko‘z bo‘ri Izengrim 
(o‘rta darajadagi ritsar) obrazlarida feodal hukmronlarining xulq-
atvorlari fosh qilinadi. Tovuq, quyon, chittak va boshqalar oddiy 
kishilar obrazi sifatida beriladi. 
Fransuzcha “Tulki haqida roman” feodal tartiblariga qarshi o‘tkir 
satira edi. U Ovrupa ning ko‘p tillariga tarjima qilinadi. 
Fransua Viyon (1431–1463-y. keyin) ijodi 
Fransua Viyon ijodi o‘rta asrlar fransuz she’riyatini yuksak 
cho‘qqilarga ko‘targan va istiqboldagi muvaffaqiyatlarining darak-
chisi bo‘lgan deyish mumkin. Viyonning hayoti va ijodi o‘rta asr 
dunyoqarashi inqirozining tipik namunasi hisoblanadi. Kambag‘al 


101
oilaning farzandi bo‘lgan Fransua de Monkorbe uni tarbiyalagan 
uzoq qarindoshi, Parij kapellani
19
Gilom Viyonning familiyasini qa
-
bul qiladi. 1453-yili o‘qishni tugatib magistr darajasini oladi. 1455-
yili ruhoniylardan biri bilan janjallashib qolib, uni xanjar bilan urib 
o‘ldiradi. Xibsga olingan Fransua o‘zini himoya qilganligini isbot
-
lay olgani uchun ozodlikka chiqariladi. Bir yildan keyin bir necha 
sheriklari bilan katta o‘g‘irlik sodir etgach, Parijdan qochadi. Parij
-
dan ketar ekan, u hazilomuz “Kichik vasiyat” poemasini yozadi va 
hamtovoqlariga o‘zining mayda-chuyda buyumlari va sud jarayo-
nini vasiyat qilib qoldiradi. 
Shu paytdan boshlab Viyonning 6 yil davom etgan darbadarlik 
hayoti boshlanadi. U 1457-yilda shahzoda Karl Orleanskiy tomoni
-
dan uyushtirilgan shoirlar ko‘rigida ishtirok etadi. Shundan keyin 
shoir kokilyarlar
20
guruhiga qo‘shiladi, o‘g‘rilar jargonini o‘rganadi, 
hatto bu tilda balladalar ham yozadi. 1461-yili noma’lum sabablarga 
ko‘ra Myon-syur-Laur shahri qamoqxonasiga tushadi.
1462-yili Viyon Parijga qaytadi va o‘zining “Katta vasiyat” dos
-
tonini yozadi, shu yilning noyabr oyida yana qamoqxonaga tushadi, 
dekabr oyida Papa mahkamasining kotibiga suiqasdda ayblanib o‘lim 
jazosiga maxkum etiladi. Aynan shu kunlarda u mashhur “Osilganlar 
haqida ballada”sini yozadi. 1463-yilning 5-yanvarida o‘lim jazosi 
bekor qilinib 10 yilga Parijdan badarg‘a qilinadi. Viyonning shun
-
dan keyingi hayoti haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
Viyonning eng asosiy adabiy merosi darbadarlikda yozilgan bir 
nechta she’rlarini ham o‘z ichiga olgan “Katta vasiyat” dostoni hi-
soblanadi. Asarda shoir turli buyumlar bilan birgalikda bir necha 
insonlarga o‘z she’rlarini ham vasiyat qiladi. Shu tarzda asar Viyon
-
ning haqiqiy “poetik vasiyati”ga aylanadi.
Shoirning ijodi Masho maktabi an’analari bilan bog‘liq bo‘lsa 
ham, undagi obrazlar tizimi, mavzu ko‘lami, xis-tuyg‘ularning xara-
kteri, ya’ni uslubi va dunyoqarashi tubdan farq qiladi. Hayotning 
19
 Katoliklarda xonaki cherkov ruhoniysi
20
 Tilanchilik, bosqinchilik bilan shug‘ullangan yersiz qolgan dehqonlar, 
qochoq askarlar


102
o‘tkinchiligi, foniylik, har qanday go‘zallikning nobud bo‘lishi 
g‘oyasi shoir she’riyatining asosini tashkil qilgan. 
Bir qarashda Viyon poeziyasi o‘rta asrlar uchun an’anaviy bo‘lib 
tuyulishi mumkin, u balladalar, rondo(she’rning ayrim misralari 
ma’lum tartibda takrorlanadigan turi), qo‘shiqlar yozdi, mavzu, 
ohang, badiiy usullarini meros qilib oldi. Biroq ularga ko‘r-ko‘rona 
ergashmadi, balki ularni kengaytirib, mavzu ko‘lamini chuqurlashtir-
di, falsafiy ruh bag‘ishladi . Shuning sababidan Viyon she’riyati, 
o‘tmishdoshlari bilan qiyoslaganda, haqiqiy poetik inqilob bo‘ldi. 
1456-yili shoirning yumor, kinoya, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan 
“Le”(yoki “Kichik vasiyatnoma”) dostoni yaratildi.
Viyonning asosiy asari – “Vasiyatnoma”, keyinchalik shoirn
-
ing hayotlik paytidayoq uni “Katta vasiyatnoma”(1461-y.) deb atay 
boshlaganlar: doston 186 she’riy band, 16 ta ballada, 3 rondodan 
iborat. 
Viyon ijodining ta’siri XVI asrdan boshlab fransuz adabiyotida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Rable, Lafonten, Molyer, T.Gote va Gyu
-
golar uning ijodi ta’sirida bo‘lgan bo‘lsalar, Bualo hamda Volter un
-
ing ijodiga yuqori baho berganlar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin