420
ro interferensiyadan) qutqaradi. Biroq, bu mexanizm OFDM
simvol
T
b
foydali qismi uzunligining
chegaralarida fazaviy ke-
chikish bilan keladigan o‘sha bir simvoldagi signallar ning ust-
ma-ust tushishi bo‘lgan ichki simvolli interferensiyani (ISI) ol-
dini ololmaydi. Natijada axborot to‘liq buziladi. Yoki butunlay
yo‘qoladi (masalan, 1800 ga fazaviy surilishda).
ISI ga qarshi
turish va alohida simvollar yoki ularning fragmentlari yo‘qo-
tilganda ma’lumotlarni yo‘qotilishining oldini olish uchun
IEEE 802.16 standartida kanalli kodlashning samarador vosi-
talari qo‘llaniladi. Fizik darajada ma’lumotlarni
kodlash uchta
randomizatsiya, xalaqitbardosh kodlash va o‘rin almashtirish
bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
29.3-rasm.
OFDM simvolning tuzilmasi.
Randomizatsiya ma’lumotlar blokini PTKK generatori shakl-
lantiradigan psevdo tasodifiy ketma-ketlikka ko‘paytirish yo‘li
bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon bilan “ma’lumotlar oqimini
oqartirish” deyiladi.
Qabullash tomonida keyin dastlabki
tuzilmalashtirilgan ket-
ma-ketlikni olish maqsadida bu tasodifiy ketma-ketlikni teskari
o‘zgartirish bajariladi.
421
Ma’lumotlarni kodlash Rid-Solomon tashqi koderi va ichki
svertkali kodyerdan iborat ikkita bosqichdagi
kaskadli kodlar ning
qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. Rid-Solomon koderi BPSK ikki
pozitsiyali modulyatsiya bilan va OFDM subkanallari ishlatiladi-
gan hollarda qo‘llanilmaydi. Tavsiflangan kodlash mexanizmidan
tashqari, standart blokli turbokodlarni (Xemming kodlariga va
juftlikni nazorat qilishga asoslangan) va svertkali turbokodlarni
opsional qo‘llanilishini ko‘zda tutadi.
Kodlashdan keyin o‘rin almashtirish jarayoni (shuningdek, “in-
terliving” atamasi qo‘llaniladi) keladi.
Bu OFDM simvolga mos
keladigan ma’lumotlarni kodlash bloki chegaralarida bitlarni o‘rin
almashtirishi hisoblanadi. Bu operatsiya ikkita bosqichda amalga
oshiriladi. Dastlab qo‘shni bitlar qo‘shni bo‘lmagan eltuvchilarga
tarqatiladi, keyin esa qo‘shni bitlar turli
yarim ketma-ketliklarga
tarqatiladi. O‘rin almashtirishdan maqsad shundaki, simvoldagi
guruhli xatoliklarda qo‘shni bo‘lmagan
bitlar zararlansin va shun-
day qilib, bitlarni qayta tiklanish darajasi ortsin.
O‘rin almashtirishdan keyin modulyatsiya bosqichi boshlanadi.
Tanlangan modulyatsiya sxemasidan (BPSK, QPSK, 16-QAM, 64-
QAM) kelib chiqib, blok modulyatsion simvollarga mos ravishda bit-
lar guruhlari ketma-ketligidan (1/2/4/6 bitlar) iborat bo‘ladi.
29.3-jadval
Dostları ilə paylaş: