175
da ro‘yxatga olish qo‘llanilinadi. Boshqaruv kanali (BK) bilan aloqa-
ning yo‘qolib qolishi qayta ro‘yxatga olish kriteriyasi hisoblanadi.
Har bir zona uchun RT va BTS miqdori (soni) 20 taga yetishi
va ishchi kanallardan har biri boshqaruvchi sifatida qo‘llanilishi
mumkin. Har bir RT universal bo‘lib, 9600 bit/s tezlikda ham
analogli so‘zlashuv signalini, ham raqamli axborotlarni uzatish
imkoniga ega bo‘lishligi tufayli bunday almashinish mumkindir.
Har bir RT tarkibiga BK retranslyator ishdan chiqadigan holatda
uning o‘rnini bosuvchi intellektual BQ kiradi.
Talabga qarab, BTS turli xil qo‘shimcha qurilmalar bilan to‘ldi-
rilgan bo‘lishi mumkin, bu esa tizimning darajasini taqdim etadi-
gan imkoniyatlarini oshiradi.
1996-yil Ericsson tomonidan chiqarilgan EDACS ProtoSall
raqamli tranking tizimi TDMA radiointerfeysidan foydalanishi
mumkin va u EDACS tizimining keyingi zamonaviylashgan turi
hisoblanadi. Bu tizimda bitta asosiy tashuvchi chastotada bitta,
ikkita yoki to‘rtta nutq kanallari uzatiladi. Chastotalar o‘zgarish
qadami, ilgarigidek 25 kHz ga teng, ammo uzatish kanallar so-
niga bog‘liqli ravishda chastotlarning samarali polosasi 25 kHz
(1 kanal), 12,5 kHz (2 kanal) va 6,25 kHz (4 kanali) ish tashkil
qiladi)larga tengdir.
EDACS ProtoSall tizimida radiochastotali qurilma 800MHz
va 900MHz so‘zlashuvni uzatish ham amalga, ham raqamli forma-
da amalga oshirishi mumkin, ammo raqamli chastotali kanallarni
yoki ma’lumot uzatish (MU) kanallarni ajiratish ko‘zda tutilmaydi.
EDACS tizimini EDACS Protocall ga o‘tkazish ko‘zda tutil-
gan. Unda ma’lumotlar bazasi avtomat ravishda o‘zgartiriladi,
TDMAdan foydalanish esa yuklamaning ortishiga qarab amalga oshi-
rilishi mumkin, uning ustiga har bir chastotali kanalga alohida holatda.
Dostları ilə paylaş: