Og'zaki
metodlar
—
o'qituvchining
materialni
og'zaki
bayon
qilishi,
suhbat,
kitob
bilan
ishlash;
Ko'rgazmali
metodlar
—
namoyish
qilish
—
(ko'rsatish),
mustaqil
kuzatishlar,
ekskursiyalar;
Amaliy metodlar
—
og'zaki va yozma mashqlar, grafik (chizma) va laboratoriya
ishlari.
O'qitish amaliyotida hikoyaning
aytib berish, ta’riflash, xarakterlash,
tushuntirish, muhokama qilish
kabi xillari qo'llaniladi.
Aytib berish
bayonning shunday turiki, unda aniq fakt, voqea, jarayon yoki
harakatlar
haqida
tushunarli,
ravon
gapirib
beriladi.
Hikoya shohid
(sayyoh, yosh tabiatshunos, sayohatchi, biror kashfiyotning
ishtirokchisi
va
boshqalar)
nomidan
olib
boriladi.
Ta ’riflash
—
borliq jismlari va hodisalarining (foydali qazilmalar, o'simlik va
hayvonot dunyosining), u yoki bu tabiiy zona iqlimining xususiyatlarini izchil bayon
qilishda qo'llaniladi.
Xarakterlash
ta’riflashning bir ko‘rinishidir, u jism (narsa) yoki hodisaning belgi va
xususiyatlarini sanab o'tishdan iborat (tog‘lar, daryolar, tabiiy zonalar
xarakteristikasi).
Tushuntirish
—
bayonning bir ko‘rinishi, unda yangi tushunchalar, atamalar ochib
beriladi, sabab-oqibatlar bog'lanishi, tobelik belgilanadi, ya’ni u yoki bu hodisaning
mantiqiy
tabiati
(masalan, nima uchun tundrada tun uzun, kun qisqa bo'lishi, nima uchun kun va tun,
yil
fasllari
almashib
turishi)
ochib
beriladi.
Tushuntirishdan barcha darslarda foydalaniladi, ko'pincha u muhokama qilish bilan
uyg'unlashadi.
Dostları ilə paylaş: |