I. O’quv materiallari I. 1 Ma’ruza mashg’ulotlari


Tarixiy manbalarni o‘rganish



Yüklə 138,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix10.12.2023
ölçüsü138,29 Kb.
#139216
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
MA\'RUZA 1

Tarixiy manbalarni o‘rganish. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi fani boshqa fanlar bilan hamkorlikda 
rivojlanadi. Uning rivojlanishi uslubiy tadqiqotlarni tashkil qilish bilan bog‘liq. 
Har qanday uslubiy tadqiqot – bu tarixiy metod bilan bog‘liq, qaysiki oldingi yillarda 
erishilgan yutuqlar o‘rganiladi va tahlil qilinadi, maqsad va vazifalar aniqlab olinadi. 
Bu metod yordamida o‘tmishda tabiat tug‘risidagi bilimlarning qanday yunalish va 
mazmunda o‘qitilganligi o‘rganiladi. Ajoib tabiatshunos metodistlar tabiyot 
o‘qitishning turli muammolarini o‘z ichiga olgan uslubiy asarlar yozib qoldirganlar. 
Ularni o‘rganish bilan tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasining fan sifatida tadqiqot 
yullari haqida tasavurga ega bulamiz, o‘qitishning jamiyat ehtiyojlari va fanlar 
taraqqiyotiga bog‘liq holda bo‘lganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarixiy metodni 
qullanishi o‘tmishdagi atoqli pedagoglarning ijobiy tajribalaridan foydalanish ayrim 
xatoliklardan saqlanish imkoniyatini beradi. 
Pedagogik kuzatish. 
Bu metod vositasida o‘qitish jarayonidagi hodisalarning nimadan iboratligi, ularning 
uzaro bog‘lanishi, vujudga kelish sabablari tekshiriladi, faktlar tuplanadi. Mazkur 
metod yordamida maktabda tabiatshunoslikni o‘qitishning ahvoli, taʼlim – tarbiya 
ishlarining yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilish mumkin. 
O‘qitish jarayonini ko‘zatish davomida o‘qituvchining o‘quv materiallari 
mazmuniga munosib yoki nomunosib usul va uslublardan foydalanishi
tabiatshunoslik bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘quvchilar tomonidan qanchalik 
puxta va ongli o‘zlashtirilishi, darslarda o‘quv vositalarining o‘rinli ishlatilishi kabi 
masalalar o‘rganiladi. Ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish yuli bilan 
esa tabiatshunoslik o‘qitishning yangi yunalishlarini belgilovchi xulosalar olish ham 
mumkin. 
Pedagogik ko‘zatishning natijali chiqishi tekshiruvchining ish tajribasi va uslubiy 
bilimiga bog‘liqdir. 
Pedagogik ko‘zatish turlicha tashkil qilinadi. Bir holda tekshiruvchi 
urganilayotgan jarayonni o‘zi olib boradi, boshqa bir holda esa u o‘qitish jarayoniga 


aralashmasdan uni chetdan ko‘zatadi. Ko‘zatish qanday utkazilishidan katʼiy nazar 
aniqlangan fakt va hodisalar tahlil qilinadi va tegishli mantiqiy xulosalar chiqariladi. 

Yüklə 138,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin