2.2 Dinning regulyatorlik vazifasi deganda nimani tushunasiz? Dinni yopiq va izolatsiya qilingan tizim sifatida o‘rganish mukin emas. U
kishilarning ma’naviy hayotining o‘ziga xos shakli bo‘lib, kishilik jamiyatini turli
davrlarida har-xil mavqega ega bo‘lgan holda ijtimoiy tizimning boshqa elementlari
bilan chambarchas bog‘langan va o‘zaro aloqadorlik kasb etgan. Mazkur
aloqadorlik ijtimoiy ongda diniy g‘oyalar qay darajada o‘rin egallashiga, diniy
faoliyat va diniy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq.Dinning jamiyat hayotidagi
o‘rni quyidagicha namoyon bo‘ladi:
-ijtimoiy g‘oya, me’yor, munosabat, guruh va institutlarni muqaddaslashtiradi;
-diniy guruhlar axloqiy mushtaraklikni ta’minlaydi. Diniy faoliyat ijtimoiy
faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Sotsial institular o‘z ichida diniy va
dunyoviy hokimyatni birlashtiradi;
-dunyovilik tushunchasi diniy ong bilan bir safda mavjud bo‘lishi.
-diniy ongni jamoa dunyoqarashidan keyin, boshqa tizimlarni ustun sanab, uni
ikkinchi darajali deb qarash. Diniy guruhlarni etnik jamoalardan farqlanishi va
hukumat bilan nomuvofiqlik mavjudligi, diniy hamda dunyoviy hokimyatning
turli institutlarga tegishli ekanligi;
-dinning hech qanday o‘rni bo‘lmagan jamiyat;
Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri
bilan bog‘liq, lekin o‘xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat
usuli bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir. Dinning
funksiyalari quydagilardan iborat:
Regulyativ funksiya ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar,
stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va
jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat.
Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun
ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va
jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim
ahamiyatga ega.