Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 1


Ilk diniy e’tiqodlarning zamonaviy ko‘rinishlari haqida nimalarni



Yüklə 280,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix10.12.2023
ölçüsü280,8 Kb.
#139233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Seminar Topshiriq

1.5 Ilk diniy e’tiqodlarning zamonaviy ko‘rinishlari haqida nimalarni 
bilasiz?
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga ko‘p sonly turli-tuman 
dinlar ma’lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga 
qudratli, yot va sirli bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik 
ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, 
animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan. 
Fetishizm – u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir 
ko‘rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, 
sig‘inish va topinish ob’ektiga aylanadi. 
Animizm (lot. «anima» – «jon») – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, 
predmetlar 
va 
borliq 
hodisalarini 
ham 
ruh, 
jon 
boshqarib 
turishiga 
ishonishdir.Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonli. 
Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti 
sanalgan ajdod deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan 
umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa 
yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu 
kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir,Avstraliyada 
kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet). 
Magiya (yunon. «mageia» – «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri 
bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga 
xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar 
– ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch 
yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi 


va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu 
darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir. 
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarga kelib, asosan, mif va din ta’sirida odamlar 
dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavhum nazariy 
fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi 
natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech 
shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo 
bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga 
intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi. 
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi 
shakli – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli 
bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli 
o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga 
tayangan holda tushuntiradi. 
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Qadimgi Yunonistonda taxminan 
bir vaqtda, avvalo, dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga 
kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga 
nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. SHuningdek, ular 
sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, 
tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi 
Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish,rivojlantirish 
va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-
sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan 
to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub 
o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol 
o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida 
idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi. 

Yüklə 280,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin