Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 1



Yüklə 280,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix10.12.2023
ölçüsü280,8 Kb.
#139233
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Seminar Topshiriq

2.3
 
 Dinning kompensatorlik vazifasi nimalardan iborat? 
Kompensator funksiya 
ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham 
turmushning obyektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram 
bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; 
ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; 
diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, 
daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. 
Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va 
ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim 
ahamiyatga egadir. 
 
2.4
 
 Dinning integratorlik vazifasiga nimalar kiradi? 
Integratsion-dezintegratsion funksiya
si individ, guruh va institutlarni bir 
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, 
ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va 
chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion 
funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo‘lganda amalga 
oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq 
bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi 
konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi. 
 
2.5
 
 Dinlarni qanday tasniflash mumkin? 
 
 
Dinlarni tasniflash. 
Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo‘lib, dinlarni 
o‘zlari xos bo‘lgan ilm yo‘nalishi nuqtai nazaridan o‘rganib, turlicha yondashganlar. 
Shuning uchun ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar bo‘lishi tabiiydir. Masalan, din tarixi 
bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga ko‘ra davriy jihatdan 
yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni paydo bo‘lgan va 
tarqalgan mintaqalariga ko‘ra tadqiq etganlar. Ayrim dinshunoslar diniy nuqtai 
nazardan yondashib, dinlarni o‘rganganlar.
 
Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», 
«an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», 
«jahon dinlari» ko‘rinishida ikkiga bo‘ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk- 
qabilaviy, milliy, jahon dinlari, deb uchga bo‘ladi. Shu bilan birga ba’zi 
tadqiqotchilar quyidagi tasnifni keltiradilar: 
1.
Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din, 
2.
Profetik (Payg‘ambarlarga tayanuvchi) din, 


3.
Mistik (ruhiy olamga yo‘naltirilgan) din. 
Islom ulamolari dinlarni, «haq» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy 
dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo‘lishgan. Ibn Hazm 
(vaf. 456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, 
haq dinlar uchun «

Yüklə 280,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin