– 129 –
epizodida ona tilidan aytilgan uchta monolog ona qalbi va
muhabbatini butun to‘laligi bilan namoyon etadi.
Dostondagi barcha motiv va
epizodlarda uning yaxlit
kompozitsion birligi ta’minlagan. Undagi har bir detal
muhim vazifa o‘taydi. Bu jihatdan dostonga Kuntug‘mishni
ko‘rgan cho‘pon hikoyasining kiritilishi xarakterlidir. Xuddi
shu hikoya to‘rt tomonga tarqab ketgan egizaklar va ota-
onalar taqdirini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi,
asarning
kompozitsion izchilligini ta’minlaydi. Cho‘pon hikoyasi
orqali o‘z boshlariga tushgan fojiani bilib olgan Gurkiboy
avval Mohi bilan, so‘ng onalari va otalari bilan topishadilar.
«Kuntug‘mish» dostonida Ergash shoir va Qo‘rg‘on
dostonchilik maktabi baxshi-shoirlarining poetik iqtidori,
iste’dodi, mumtoz adabiyot an’analari bilan uyg‘un yo‘llar
yanada yorqin namoyon bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: