– 135 –
Shunday romanik dostonlarning klassik namunalarini
bergan
baxshilar, asosan, Qo‘rg‘on dostonchilik maktabining
vakillaridir. Shu dostonchilik maktabining so‘nggi iste’dodli
vakili Ergash Jumanbulbul o‘g‘li bo‘lib, undan yozib olingan
va o‘zi yozib topshirgan doston va termalar dostonchilikka
yozma adabiyot ta’sirini yoritish uchun ancha qiziqarli
materiallar beradi. «U shoirlar qishlog‘i, shoirlar oilasida
tug‘ilib o‘sganligi uchun ham, –
deb yozgan edi professor
H. Zarif, – har kuni qo‘shiq tinglar, shu bilan birga, Alisher
Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Mirzo Abduqodir Bedil, Mashrab,
Maxtumquli asarlarining kichik devonlarini qunt bilan
o‘qib borar edi.
Bir tomondan, xalq shoirlaridan o‘rganish,
dostonchilik yo‘llarini mukammal egallash; ikkinchi
tomondan, o‘zbek, fors, ozarbayjon va turkman klassiklari
ijodi bilan tanishishi Ergash Jumanbulbul o‘g‘liga juda
samarali natija berdi, uning ijodida bamisoli ikki kattakon
daryo qo‘shilib, bir ummon hosil qilgandek bo‘ldi»
1
. Chindan
ham Ergash shoir
dostonlariga nazar tashlasak, undan yozma
adabiyot unsurlarini, klassik adabiyotga xos she’r tuzilishi va
poetik vositalarni istagancha topa olamiz.
Ma’lumki, g‘azal – yozma adabiyotda asosiy janrlar dandir.
Ergash shoir g‘azaldan ustalik bilan foydalanib, dostonlarda
qahramonlarning dialog va
monologlarida uning yaxshi
namunalarini beradi
2
. Shundaylardan biri «Kuntug‘mish»
dostonida Kuntug‘mishning yori va bolalaridan ayrilib,
gangib qolganida, tasodifan uchragan cho‘ponning unga
murojaatidir:
1
Hodi Zarif. O‘lmas daho. «Sharq yulduzi», 1968, 12-son, 175-bet.
2
Epik asarga g‘azal, muxammas namunalarini kiritish an’anasi yozma- adabiyot-
da ham bo‘lgan. Fuzuliyning «Layli va Majnun», Sayqaliyning «Bahrom va Gulan-
dom» dostonlari va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.