– 150 –
– 151 –
qahramonlari o‘z sarguzashtlari mobaynida g‘ayritabiiy
hodisalarga va g‘ayrioddiy mavjudotga duch keladilar, ularning
o‘zlari ham tug‘ilishidanoq «sehr» bilan bog‘langan kishilar
bo‘ladilar, ham doim «sehrli ishlarga», «sehrli joylarga»
«sehrli narsalarga», «g‘ayrioddiy xususiyatga ega bo‘lgan
ko‘makchi-yordamchi personajlarga» yo‘liqadilar. Katta-
katta qo‘rqinchli va dahshatli tilsimlarni ochadilar. Bunday
sehrli ertaklarning qahramonlariga yordam ko‘rsatuvchilar
esa sehrli narsalar bo‘ladi. Sehrli ertaklarning qahramonlari
o‘z dushmanlari yoki o‘z boshlariga
tushgan kulfatlardan turli
g‘ayritabiiy yo‘llar bilan qutuladilar.
O‘zbek xalq sehrli ertaklari orasida Kenja botir,
Abulqosim, Qilichbotir, Erkenja, Shambirboz kabi nomlar
bilan ataluvchi kenja o‘g‘il bilan uning akalari o‘rtasidagi
konflikt kelib chiqishi tasvirlangan ertaklar salmoqli o‘rin
tutadi. Bu tip syujetlar talqinicha, izlangan sehrli narsa, ot,
qush yoki malikani axtarib topib kelgan kenjaga akalari
dushmanlik qilishadi (kenjaning ko‘zini o‘yib quduqqa
tashlash, oyoqlarini chopib tashlab ketish va h.k. motivlar).
Bunday syujetlar qabilachilik tuzumining inqirozga yuz
tutishi
va urug‘ birligiga asoslangan yirik oila o‘rniga monogam
oilalarning paydo bo‘la boshlagan davrda shakllangan. Ya’ni
ota merosi uchun aka-ukalar o‘rtasidagi kurash va merosdan
katta o‘g‘il ulushining ko‘pligi, eng kenjani ranjitish bu tip
sehrli ertaklar syujetining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan.
O‘zbek xalq sehrli ertaklari personajlari
safarining epik
makondagi yo‘nalishi qahramon oldidan chiqadigan uch yo‘l
bilan bog‘liq bo‘ladi. Sehrli ertaklarda tasvirlangan uch yo‘l
uch olam ruhlarining o‘zaro aloqada bo‘lishlariga imkon
beruvchi magik nuqta, ezgulik va yovuzlikning ajralishi,
bir-biridan uzoqlashish yo‘li hamdir. Bunday yo‘lda
hamma
vaqt yaxshilik va yomonlik kuchlari saralanadi. Sehrli
– 151 –
ertaklarda syujet rivojini ta’minlaydigan an’anaviy uch yo‘l
qahramonning safar yo‘nalishini belgilovchi badiiy unsurdir.
«Abulqosim» ertagida pishgan tariq noma’lum sabablarga
ko‘ra payhon etiladi. Podshoning uch o‘g‘li navbatma-navbat
poyloqchilik qiladilar. Faqat uchinchi kecha qo‘lga tushgan
devlar kenjaga tulporining tukidan berishadi. G‘aroyib
otlarni
izlab safarga otlangan og‘a-inilar oldidan uch yo‘l chiqadi.
1
«Mamajon va Qunduzoy» ertagida safar sababi zotdor
otlarning yo‘qolishi bo‘lsa,
2
«Misr podshosi»da shoh tushida
ko‘rgan tilla qafas ichidagi bulbulni izlab uch aka-uka yo‘lga
chiqadilar.
3
Odatda bunday ertaklarda kenja o‘g‘il mashaqqati
nomidan ma’lum «borsa kelmas» yo‘lini tanlaydi. Qo‘rqoq
akalar esa «borsa kelar» va «borsa xatar»ga otlanishadi.
An’anaviy uch yo‘l motivi qadimgi turkiylarning
mifologik tasavvurlariga borib taqaladi.
O‘zbek xalq sehrli ertaklarida sharq –
ezgulik ramzi,
g‘arb esa yovuz devlar makoni sifatida tasvirlanadi.
Ertaklardagi mashaqqatli sarguzashtlar bilan bog‘liq epik
yurt g‘arb tomonda, ya’ni kunbotardadir. An’anaviy uch yo‘l
motivi gorizontal yo‘nalishga ko‘ra tasvirlanganda o‘ng-
chap tomonlar ramziga alohida e’tibor berilgan. «Sumbul
qush» ertagida podshoning uch o‘g‘li ajoyib qushni ovlash
uchun yo‘lga chiqadilar. Katta yo‘l ayrilishda shunday yozuv
uchraydi: «Borsa kelar o‘ngda,
borsa kelmas chapda, to‘g‘ri
yurgan gumona».
4
«Misr podshosi» ertagida aka- ukalar
yo‘l uchga ayrilgan yerga yetib kelganlarida «uch ko‘cha
og‘zida bittadan tosh qo‘yilgan bo‘lib, toshlarga «chap qo‘l
ko‘cha – borsa kelmas», «o‘rta ko‘cha – borsa xatar», «o‘ng
1
Gulpari. Namangan ertaklari / O‘zbek xalq ijodi. Nashrga tayyorlovchi: T.G‘ozi-
boyev. – Toshkent, 1969. – B.33-34.
2
O‘
sha manba. – B.45.
3
O‘
sha manba. – B.53-54.
4
Kenja botir. Ertaklar. – Toshkent: Fan, 1973. – B.109.