– 147 –
hisoblangan hayvonlar ham insonlar kabi so‘zlashadi, fikr
yuritadi va ular o‘rtasida jamiyatga xos munosabatlar mavjud-
ligi tasvirlanadi.
Bu tip ertaklarda, asosan, o‘zbeklarning qadim
ajdodlarining ovchilik, chorvachilik va dehqonchilikdan
iborat turmush tarzi bilan bog‘liq qo‘y, echki, bo‘ri, kiyik,
ot, sigir, ilon, kaptar, asalari, chumoli, ayiq, tulki, quyon,
qo‘chqor, chiyabo‘ri, shoqol, qo‘ng‘iz, sichqon
kabi jonzotlar
obrazini uchratamiz.
Hayvonlar haqidagi o‘zbek xalq ertaklarining personajlari
odamlar kabi so‘zlashishlaridan tashqari, ularning xarakter-
xususiyatlarida ham kishilarga xos vafodorlik va vafosizlik,
sotqinlik va sadoqat, do‘stlik va dushmanlik,
samimiylik va
xudbinlik, xokisorlik va ayyorlik singari insonlarga xos sifatlar
mavjud bo‘ladi. «Do‘st bo‘ri» ertagidagi do‘st bo‘rining
poshshovachcha bilan samimiy suhbati, «Bo‘ri bilan tulki»
ertagidagi bo‘ri va tulki bilan yer haydab turgan dehqonning
o‘zaro gurungi fikrimiz isbotidir. Shuningdek, «Bo‘ri bilan
tulki», «Qarg‘a bilan qo‘zi» yoki «Qarg‘a bilan tulki», «Tulki
bilan xo‘roz», «Ayiq bilan qiz», «Do‘st bo‘ri», «Cho‘loq
bo‘ri», «Polvon zag‘cha» yoki «Zag‘cha» kabi
ertaklarning
personajlari ham o‘zida insonga xos xarakter-xususiyatlarni
ifodalaydi: bu tip ertaklarda tulki hiylakor - ayyor bo‘ladi,
uning qarshisida bo‘ri esa biroz laqma va go‘l bo‘lib, tulkining
hiylalariga aldanadi. Bo‘ri tulki qarshisida sodda, to‘g‘ri,
tentak, ahmoq bo‘ladi. Tulki shirinso‘zlik bilan ayyorlik qilib
daraxt shoxidagi xo‘rozni pastga tushirib yemoqchi bo‘ladi.
Kal yoki yetim bola qo‘lidagi zaxchasi tilidan gapirib boyni
aldaydilar va h.k.
«Susambil» ertagida uy
hayvonlari, parrandalar birlashib,
yaxshi, farovon, tinch joy axtarib Susambil mamlakatiga yetib
boradilar. Susambilga ega bo‘lish uchun vahshiy hayvonlar