Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
O\'zbek folklori P

– 152 –
– 153 –
qo‘l ko‘cha – borsa kelar», deb yozilgan ekan.
1
Bunday 
ertaklarda o‘ng tomon – borsa kelar – sharq – omad – hayot 
tushunchalari, chap tomon – borsa kelmas – g‘arb – omadsizlik 
– o‘lim tushunchalariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Fikrimizcha, 
qadimgi turkiylar dunyoqarashida muhim rol o‘ynagan 
quyosh kulti olamning gorizontal yo‘nalishidagi tuzilishiga 
asos bo‘lgan. Olamning uchlikka asoslangan kosmogonik 
talqini qadimgi turkiylarning mifologik qarashlari asosini 
tashkil etgan. Arxaik miflarda madaniy qahramonlarning 
sarguzashtlari uch olam bilan bog‘liq bo‘lib, Ko‘k – Zamin 
– yer osti asosiy mifologik makon areali bo‘lib, bu struktura 
keyinchalik sehrli ertaklarga ham o‘tgan. 
O‘zbek xalq sehrli ertaklarida ko‘pincha qahramon-
larning yordamchilari zoomorf shaklda, ya’ni hayvonlar va 
qushlar qiyofasida tasvirlanadigan g‘aroyib jonzotlar – uchar 
ot, laylak, bulbuligo‘yo, bo‘ri, Semurg‘, anqo, oltin baliq, 
chumoli, oltin tuyoqli kiyik singarilar xayoliy timsollardir. 
Qahramonning boshiga juda og‘ir ish tushganda yoki juda 
uzoq masofali va qo‘lga tushirilishi qiyin bo‘lgan narsalarni 
keltirish topshirilganda, biror munosabat topilib, qahramonga 
bo‘ri yo‘liqtiriladi. Ana shu jonzot bu qiyin ishlarni osonlik 
bilan hal bo‘lish yo‘lini ko‘rsatib, unga yordam beradi.
O‘zbek sehrli ertaklaridagi g‘aroyiblik antropomorf 
shaklda yoki inson ko‘rinishidagi personajlar vositasida 
tasvirlanishi o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu tip personajlarga 
Xizr, sehrgar chol yoki kampir (jodugar, maston, shum 
kampir), zar kokilli bola, kulsa og‘zidan gul, yig‘lasa ko‘zidan 
dur sochadigan qiz va boshqa bir qator obrazlar misol bo‘la 
oladi. Ular sehr-jodu qudrati, g‘aroyib xislati, sirli ko‘rinishi, 
g‘ayrioddiy tug‘ilishi, unib-o‘sishi, sirli namoyon bo‘lishi 
bilan e’tiborni tortadi. Bunday g‘aroyib obrazlarning har 
1
Gulpari. – B.54.


– 153 –
biri o‘ziga xos badiiy ko‘rinishda va vazifada talqin qilinadi. 
Jumladan, «Guliqahqah», «Samo tulpori», «Ilon pari» kabi 
sehrli ertaklarda tasvirlangan maston kampir sehrli-fantastik 
ertaklarda eng ko‘p uchraydigan an’anaviy obrazlardan 
biri bo‘lib, avvalo, evrilish va ertak personajlarini istagan 
ko‘rinishga kirita olish xususiyatiga egaligi, «ming bir sehr»ni 
bilishi, sehrgarlarning sarkori, boshlig‘i ekanligi bilan ajralib 
turadi. «Tanasiz kalla-yu, kallasiz tana» ertagida maston 
kampirning ajdahosi bo‘laklangan tanani yutib, qayta butun 
qilib chiqaradi. Sehrli ertaklarning an’anaviy homiy-personaji 
hisoblangan Xizr obrazi «oppoq soqolli kishi», «oppoq 
soqolli, malla choponli bir chol» sifatida xarakterlanadi. 
Ba’zi ertaklarda esa u bir duo bilan kishini o‘zga ko‘rinishga 
evriltira oladigan darvesh-qalandar, qahramonga yo‘l 
ko‘rsatib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladigan g‘aroyib chol sifatida 
ham tasvirlanadi.
Epik asarlarda ko‘p tasvirlanadigan qaldirg‘och, qarg‘a, 
bulbul, laylak va boshqa qushlar obrazi esa hayotiy asosga 
egaligi bilan ajralib turadi. Chunki bunday qushlar hayotda 
mavjud bo‘lsa-da, sehrli ertaklar tarkibida keltirilganda ular 
ba’zan g‘aroyib xususiyatli qilib tasvirlanadi. Aytaylik, 
«Oypari» ertagidagi qaldirg‘och, «Hotam» ertagidagi 
kaptarlar tilga kirib, insondek gapiradi; shum kampir esa qora 
qarg‘a ko‘rinishiga evriladi. «Ur to‘qmoq» va «Oltin tarvuz» 
ertagida laylak, «Ochko‘z boy» ertagida esa o‘rdak ertak 
qahramonlariga tilsim buyumlar beradi.
Sehrli-fantastik ertaklarda suv oti, ko‘k qo‘chqor – qizil 
devning o‘g‘li, evrilish xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘ri va suv 
ichida yashaydigan qanotli oq ot, osmonda ucha oladigan, 
suvda suza oladigan, yerda chopa oladigan tulpor ot, yolini 
tutatganda yetib keladigan g‘aroyib ot, qanotli tozi kabi qator 
g‘aroyib jonivorlar obrazi keltiriladi. O‘zbek xalq ertaklari 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin