– 155 –
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek xalq ertaklarining milliy
o‘ziga xosligi birinchidan, ertakchilik ijodiyotining qadim
zamonlardan buyon shakllangan izchil ijrochilik an’analari
doirasida uzluksiz taraqqiy etib kelganligi, O‘zbekistonning
o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari, tabiati, nabotot
va hayvonot dunyosi, xalqning o‘ziga xos milliy an’ana lari,
ma’naviy qadriyatlari, urf-odat
va marosimlari, ishonch-
e’tiqodlari va dunyoqarashining ertaklarda o‘z aksini topgan-
ligi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o‘zbek ertakchiligida o‘zi-ga
xos hududiy-lokal ijrochilik an’analari mavjud bo‘lganli-
gi, ertakchilik maktablarining ustoz-shogirdlik an’analari
asrlar mobaynida izchil davom etib kelganligi, epik syujetlar
iqtidorli ertakchilar tomonidan ijodiy qayta ishlangan,
sayqal berilgan, yangidan yangi variantlar yuzaga kelgan.
Uchinchidan, ertakchilar ijodiyoti faqat ijrochilikdangina
iborat bo‘lmay, balki yaratuvchilik ham muhim o‘rin tutgan.
Shu bois, ular an’anaviy ertaklarni ijro
etish barobarida
yangi ertaklarni ham yaratishgan. Natijada ertak syujetlari
takomillashib, yangi motiv va talqinlar hisobiga boyib,
o‘zgarib boravergan. Bu esa o‘zbek ertaklarining milliy
o‘ziga xosligi va originalligini ta’minlagan.
Dostları ilə paylaş: