– 146 –
– 147 –
a) hayvonlar haqidagi ertaklar; b) sehrli-fantastik ertaklar;
2) Realistik ertaklar: a) hayotiy ertaklar; b) satirik ertaklar.
1
K.Imomov va boshqa ertakshunoslarning fikrlariga
tayanib ertaklarni quyidagi guruhlarga bo‘lib tasniflash
mumkin: 1) hayvonlar haqidagi ertaklar; 2) sehrli-fantastik
ertaklar; 3) maishiy-novellistik ertaklar; 4) satirik ertaklar.
3. Hayvonlar haqidagi ertaklar
ning qahramonlari
turli-tuman jonivorlar bo‘lib, voqelik hayvonlar orasidagi
munosabatlar tarzida bayon qilinsa-da, aslida ularda kishilar
jamiyatiga xos voqea-hodisalar majoziy tarzda aks ettiriladi.
Hayvonlar haqidagi majoziy ertaklarning kelib chiqish tarixi
kishilik jamiyatining ibtidoiy davridagi hayoti, mehnat
faoliyati, e’tiqodiy qarashlari va mifologik tasavvurlariga
borib taqaladi. Ayniqsa, qadimgi odamlar dunyoqarashida
muhim o‘rin tutgan totemistik e’tiqodlar, ya’ni kishilarning
o‘z tevarak-atrofini o‘rab olgan jonivorlar va o‘simliklar
bilan qon-qarindoshlik aloqalari bor, ya’ni har bir urug‘
muayyan jonzot yoki o‘simlikdan kelib chiqqan degan
ishonch-e’tiqodlarga asoslangan qadimgi tasavvurlar ko‘plab
totemistik miflarning, keyinchalik esa shu miflarning badiiy
tafakkur evolyutsiyasi davomida diffuziyalanishi natijasida
majoziy ertaklar yuzaga kelgan.
Eng qadimgi davrlarda yashagan odamlarning turmush
tarzi ovchilik, baliqchilik va shu kabi kasblar bilan aloqador
bo‘lganligi sababli ular har kuni jonivorlar olami bilan ro‘para
bo‘lishgan, ularning mifik tasavvurida jonzotlar ham bamisoli
odamlar kabi so‘zlashgan, o‘zaro munosabatga kirishgan.
Ana shu kabi qarashlar, ishonchlar, e’tiqodlar keyinchalik
hayvonlar to‘g‘risidagi ertaklarda ifodalangan. Shuning uchun
ham jonivorlar haqidagi majoziy ertaklarning personajlari
1
Afzalov M. O‘zbek xalq ertaklari haqida. – Toshkent: O‘zR FA nashriyoti, 1964.
– B21.
– 147 –
hisoblangan hayvonlar ham insonlar kabi so‘zlashadi, fikr
yuritadi va ular o‘rtasida jamiyatga xos munosabatlar mavjud-
ligi tasvirlanadi.
Bu tip ertaklarda, asosan, o‘zbeklarning qadim
ajdodlarining ovchilik, chorvachilik va dehqonchilikdan
iborat turmush tarzi bilan bog‘liq qo‘y, echki, bo‘ri, kiyik,
ot, sigir, ilon, kaptar, asalari, chumoli, ayiq, tulki, quyon,
qo‘chqor, chiyabo‘ri, shoqol, qo‘ng‘iz, sichqon kabi jonzotlar
obrazini uchratamiz.
Hayvonlar haqidagi o‘zbek xalq ertaklarining personajlari
odamlar kabi so‘zlashishlaridan tashqari, ularning xarakter-
xususiyatlarida ham kishilarga xos vafodorlik va vafosizlik,
sotqinlik va sadoqat, do‘stlik va dushmanlik, samimiylik va
xudbinlik, xokisorlik va ayyorlik singari insonlarga xos sifatlar
mavjud bo‘ladi. «Do‘st bo‘ri» ertagidagi do‘st bo‘rining
poshshovachcha bilan samimiy suhbati, «Bo‘ri bilan tulki»
ertagidagi bo‘ri va tulki bilan yer haydab turgan dehqonning
o‘zaro gurungi fikrimiz isbotidir. Shuningdek, «Bo‘ri bilan
tulki», «Qarg‘a bilan qo‘zi» yoki «Qarg‘a bilan tulki», «Tulki
bilan xo‘roz», «Ayiq bilan qiz», «Do‘st bo‘ri», «Cho‘loq
bo‘ri», «Polvon zag‘cha» yoki «Zag‘cha» kabi ertaklarning
personajlari ham o‘zida insonga xos xarakter-xususiyatlarni
ifodalaydi: bu tip ertaklarda tulki hiylakor - ayyor bo‘ladi,
uning qarshisida bo‘ri esa biroz laqma va go‘l bo‘lib, tulkining
hiylalariga aldanadi. Bo‘ri tulki qarshisida sodda, to‘g‘ri,
tentak, ahmoq bo‘ladi. Tulki shirinso‘zlik bilan ayyorlik qilib
daraxt shoxidagi xo‘rozni pastga tushirib yemoqchi bo‘ladi.
Kal yoki yetim bola qo‘lidagi zaxchasi tilidan gapirib boyni
aldaydilar va h.k.
«Susambil» ertagida uy hayvonlari, parrandalar birlashib,
yaxshi, farovon, tinch joy axtarib Susambil mamlakatiga yetib
boradilar. Susambilga ega bo‘lish uchun vahshiy hayvonlar
|