– 149 –
ovozini echki tovushiga o‘xshatib: «Eshikni och, og‘zimda
suv keltirdim, mammada sut keltirdim» deb aldab, eshikni
ochtirib, echkining bolalarini yeb ketadi. Ulardan biri o‘choq
(boshqa xalqlar ertaklarida echki
bolasi yashiringan joy
o‘sha millat milliy turmush tarziga muvofiq tasvirlangan,
masalan, rus ertaklarida pechka) ichiga bekinib qoladi. Lekin
ana shu ertakda voqealar rivojining shundan
keyingi talqini
o‘zbek ertakchilari ijodiyotida boshqacha ko‘rinish kasb
etgan: echki voqeadan xabardor bo‘lgach, bo‘riga urush e’lon
qiladi. Bo‘ri ustaga borib tishini qayratib kelmoqchi bo‘ladi.
Usta esa tulki bo‘ladi. U ayyorlik bilan bo‘riga «Sening
tishlaringni po‘latdan qilib beraman» deb aldab, bo‘rining
tishlarini bittalab sug‘urib oladi va o‘rniga chigitdan tish
qo‘yadi. Echkining shoxlarini esa qayrab, pichoqdek o‘tkir
qilib beradi. Shundan keyin echki o‘zining o‘tkir shoxlari
bilan bo‘rining qornini yorib yuboradi va echkining bolalari
qutulib chiqadilar. Ko‘rinadiki, bo‘ri
hamla qilganda echki
bolalaridan biri «o‘choq» ichiga kirib yashirinib omon qolishi,
tulki bo‘riga «chigit»dan tish qo‘yishi, echki bolalaridan har
birining «Olu-Bolu» kabi otlari bo‘lishi o‘zbek ertagining
milliy o‘ziga xosligini ko‘rsatadi.
Hayvonlar haqidagi majoziy ertaklar o‘zbek folkloridagi
boshqa tur ertaklardan farqli ravishda kompozitsion qurilishi
nisbatan sodda, motivlar tarkibi murakkab bo‘lmagan,
dialoglarga boy, ular ko‘pincha qisqa
didaktik xulosa
chiqarishga asoslangan syujetga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: