B. A. Nazarbayeva


Analiz qilish metodini tanlash



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Analiz qilish metodini tanlash. 
Analiz qilish metodini tanlashda
foydalanilayotgan matematik modellar xususiyatlarini albatta e’tiborga olish kerak. 
Matematik modellashtirishga nisbatan e’tiborli xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
1.
Yuqori aniqlikdagi natijalar olishni ta’minlovchi matematik modellardan 
foydalanishga intilish, zamonaviy qurilmalar murakkabligi, ulardan ishlatiladigan 


384 
elementlar sonini ko‘payib ketishi natijasidagi model o‘lchamining kattalashib 
ketishi, 
ALT 
larda 
ishlatiladigan 
modellarning 
o‘lchamlariga bo‘lgan 
chegaralanishlar, 
EHM 
lar 
tezkorligi 
va 
operativ 
hotirasiga 
bo‘lgan 
chegaralanishga bog‘liqdir. Bu chegaralanishlarni T-mashina vaqtini va P-xotirani 
iqtisod qilish bo‘yicha analiz qilish metodlaridan foydalanish hisobiga ancha 
yumshatish imkoniyati mavjuddir. Shuning uchun T va P ko‘rsatkichlar ALT lar 
uchun analiz qilish metodlarini tanlashda muhim o‘rinni egallaydi. 
2. Matritsaning nollashtiriluvchanligi. ALT lar loyihalanilayotgan 
obyektlarni matematik modellarida, kuchli nollashtirilgan matritsalar, ya’ni ko‘p 
miqdorda nolli elementlarga ega matritsalar ishtirok etadi. Nollashtirilganlik 
loyihalanilayotgan obyektning har bir elementi boshqa elementlar bilan bevosita 
kam bog‘lanishga ega ekanligi bilan asoslanadi. S matritsaning nollashtirilganligi 
N matritsadagi elementlar umumiy soniga nisbatan olinadigan nollar soni bilan 
baholanadi. R-to‘lqinliklar esa N matritsadagi elementlarga, nol bo‘lmagan 
elementlar munosabatini anglatadi, ya’ni R=1-S. 
3. Modelning yomon moslashuvchanligi - bu modeldagi dastlabki 
ma’lumotlardagi ozgina xatoliklar natijasidagi sezilarli xatoliklarni keltirib 
chiqarish mumkin bo‘lmagan modellarda namoyon bo‘ladi. Bunday modellardan 
foydalaniladigan interatsion va ko‘p qadamli hisoblash protseduralarida 
hisoblashning mos kelmasligi va qat’iy bo‘lmasligini paydo bo‘lish ehtimolligi 
oshib ketadi. Radioelektron sxemalarni analiz qilish masalalarida yomon 
moslashuvchan modellar ko‘plab uchrab turadi. Shuning uchun RES larni analiz 
qilish uchun, keyingi qadamlarda yoki iteratsiyalarda xatoliklarni ko‘paytirib 
yubormaydigan, hisoblash jarayonlarini kechishini bir maromda ushlab turuvchi 
metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
ALT larda analiz qilish metod va algoritmlariga T va P ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha yuqori darajadagi iqtisodlik, universallik va aniqlik talablari qo‘yiladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin