B. A. Nazarbayeva


Funksional modellarni hosil qilish metodikasi



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Funksional modellarni hosil qilish metodikasi. 
Loyihalashning har bir 
ierarxik darajasi uchun o‘zining baza elementlari to‘plami xarakterlidir. Baza 
elementlarining 
matematik 
modellarini 
hosil 
qilish 
protsedurasi 
to‘la 
formallashtiriladigan bo‘lishi mumkin, chunki ular elementning tuzilishi va 
ishlashi to‘g‘risidagi qabul qilingan u yoki bu formal bo‘lmagan qarashlar va yo‘l 
qo‘yishlarga asoslangandir. Berilgan baza elementlarining modellari va 
elementlarini bog‘lovchi sxemalar asosida tizimning to‘la matematik modelini 
hosil qilish metodi formallashtirilgan bo‘lishi mumkin. 
Makromodellardan loyihalash masalalarini yiriklashib ketishini kamaytirish 
maqsadida foydalaniladi. Ular baza elementlariga nisbatan murakkabroq bo‘lgan 
tizim fragmentlari uchun yaratiladi. Iqtisod qilish ko‘rsatkichi bo‘yicha 
makromodellar, 
to‘la 
modellar 
fragmentiga 
nisbatan 
juda 
oddiy. 
Makromodellarning 
iqtisodliliga, 
ularda 
adekvantlik 
soxasiga 
qarashli 
soddalashtirilgan tasavvurlarni qabul qilinishi hisobiga erishiladi. 


383 
Tizim matematik modellarini va element matematik modelini yoki 
fragmentlar makromodellarini hosil qilish uchun bir xil metodlardan foydalaniladi. 
Element matematik modellarini va fragmentlar modellarini hosil qilish usullarida 
ko‘p o‘xshashliklar mavjud, lekin ba’zi bir farqlar ham bor, ya’ni makromodellarni 
tashkil qilishda, uni fragmentning to‘la, aniq modeli bilan taqqoslash imkoniyati 
mavjuddir.
Baza elementlari to‘la matematik modellarni (EMM) va makromodellarni 
hosil qilish metodikasida model strukturasi deyilganda tizimning matematik 
ko‘rinishi (sonli qiymatlar bilan aniqlanmagan) tushuniladi. 
EMM va makromodellarni hosil qilishdagi umumiy metodika quyidagi 
protseduralardan tashkil topadi: 
1.
Modelda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan modellashtirilayotgan obyekt 
xususiyatlari aniqlanadi. SHu o‘rinda u obyektlarning chiqish parametrlari tartibi 
va q-tashqi parametrlari tartibi va obyekt haqidagi fikrlar aniqlanadi; 
2.
Model strukturasi tanlanadi. Ko‘pincha bu struktura injinerlar qabul qila 
olishlari uchun qulay bo‘lgan sxema ko‘rinishidagi modellarni matematik 
munosabatli modellarga o‘zgartirishning aniq qoidasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 
3.
Identifikatsiyalash masalasi echiladi, ya’ni modelning berilgan strukturasi 
uchun model parametrlarining x-sonli qiymatlari hisoblanadi; 
4.
Tanlangan test masalalari bo‘yicha modeldagi xatoliklar aniqlanadi. Agar 
bu xatoliklar E ruxsat etilgan qiymatidan oshib ketsa, 2 va 3 punktlar, model 
strukturasini qaytadan tanlash uchun takrorlanadi. Agar E ruxsat etilgan qiymatdan 
kam yoki unga teng bo‘lsa, 5-punktlar o‘tiladi; 
5.
q va q qiymatlar aniqlanadi. Bu metodika bo‘yicha 3 va 5 punkt 
protseduralari formallashtiriladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin