U1 vaqt qizlar ilmi dunyoviy tahsilig‘a muyassar bo‘lub, urfon taxtida
qaror topib, ellar va ulug‘lar safig‘a doxil bo‘lurlar, alar hayrat va
mehnatda erlarg‘a hamfo va yovar b o ‘lub, obro* topib, hurm at va
ikromg‘a sazovor bo‘lurlar»'.
Anbar otin adolatli podsho muammosiga alohida to ‘xtalib, o ‘sha
davr uchun nihoyatda original, kutilmagan va hozirgi zam onda ham
ahamiyatini yo‘qotm agan fikrlarni bildiradi. U , dastaw al « 0 ‘rus keldi!»
deganda ham m a m a’rifat ahli, endi xalqning ijtim oiy-iqtisodiy va
ma naviy hayoti yaxshi tom onga o ‘zgaradi deb kutganini, lekin bu
ishonch oqlanm aganini, aksincha, «o‘rus podshoh m usulm onlarg‘a
zarrachayinki halovat bermaganini» aytadi. Ba’zi bir ruslar hukmronligini
oqlaganlarga qarshi shunday deydi:
«Agar о rus shohi darhaqiqat odil bo‘lsa, va aning xohishi qaram
xalqlar ham o ‘rus misoli ozod bo‘lsun va barcha xaloyiq o ‘rus birla
barob ar b o ‘lib, ro ‘zg‘or kechirsun desa, am o ra t va h u k m ro n liq
qonunlarini adl birla tahrir qilsun, hukmronliq qonunini din qoidalaridin
mustasno vujudg‘a keltirsun, din ahlini ibodat borasida homiy bilib,
davlat va bilimdonliqni xalq ro ‘zg‘oridin kashf etsun. Xaloyiq dodig‘a,
rozig‘a quloq bersun»2.
Xo‘sh, bu mustamlakachilik va adolatsiz tuzum dan qutulishning yo‘li
bormi? Anbar otin uning ikki yo‘lini aytib o ‘tadi. Biri — aqlni inson
о ziga vazir qilib, falsafiy mushohada yordamida ish ko‘rish orqali bunga
erishish mumkin: «Vaqtiki ilm daraja qilib, falsafa ravnaq topsa, bu
chigillarim kushoda b o ‘lur, Falsafa iborasi ila qarshi va zid so‘zlarni
muqoyyyasa qilg‘onda bu chigillar ochilur». Ikkinchi yo‘l esa o ‘z haq-
h u q u q in i h im o y a e tis h m a q s a d id a a m a liy h a r a k a t q ilis h ,
mustamlakachilik zulmiga va adolatsizlikka qarshi birlashmoq, qo‘lda
qurol bilan chiqmoq. Bu yo‘lni shoira shunday ifodalaydi: «... albatta,
aqlu idrok va jam oatg‘a takya qilib, barcha shayx soTiylardan yiroq va
barcha tarsu vahmdin emin b o ‘lib, zolimlarg‘a qarshi muboriza qilmoq,
yakkalikdan hazar qilmoq, bu tadbirlar ila zulm ni nobud etib, zulmatni
bartaraf qilmoq zarurdir»3.
Albatta, Anbar otinning barcha axloqiy qarashlarini mutlaq to ‘g ‘ri
Dostları ilə paylaş: