Darhaqiqat, o ‘lim
va hayot, boshqacha aytganda, hayot va mamot
bir - biri bilan uzviy dialektik bog‘liq tabiiy hodisalardan. Bu dunyoda
hayotsiz o‘lim, o ‘limsiz hayotning bo‘lishi mumkin emas.
Buni Lametri
o b raz li qilib sh u n d a y izo h lay d i: « N a rsa la r d u n y o sid a, o ‘lim
arifmetikadagi nolning o ‘zginasini boshqa narsa emas»1. Faqat bevaqt,
fojiaviy o ‘limni yovuzlik tarzida talqin etish mumkin. Chunki aynan
shunday
o iim tufayli, yuqorida aytganimiz, insonni jamiyat va oila
uchun qiladigan ezgu ishlar bevaqt to ‘xtaydi.
Biz fojiaviy o ‘lim deganda ham ikki xil o ‘limni tushunishimiz lozim:
birinchisi - tasodifiy, tabiiy yoki texnikaviy halokatlar tufayli ro‘y
beradigan o ‘lim.
U nda tabiiylik mavjud, ikkinchisi — estetikadagi
fojiaviylik tushunchasiga taalluqli o ‘lim, unda fojiaviylik qahramonlikni
vujudga keltiradi, o ‘lim - ijtimoiy hodisaga aylanadi. Boshqacharoq
aytganda, yangi g‘oya
uchun zamon bilan kurashib, o ‘zini fido qilgan
shaxs qahram onlarcha halok bo‘ladi, ya’ni erkinlik subyektda, zaruriyat
obyektda beriladi va obyekt subyektning ustidan g'alaba qozonadi, lekin
bundan buyog‘iga, subyektning g‘oyalari
bilan yashaydi, bundan o ‘sha
inson ijtimoiy-axloqiy ideal sifatida maqom topadi, jisman halok bo ladi,
lekin ruhan, m a’nan u uzoq zamonlar yashaydi yo abadiiy o‘lmaslikka
erishadi.
Chunki fojiaviy qahram on «o‘z erkini yo‘qotishi bilan aynan ana
shu erkinlikning mavjudligini isbotlab, o ‘zining erkin ixtiyorini e Ion
qilib, halok bo‘ladi»2.
Biz o ‘lmaslik deganda asosan ana shu holatni,
ijtimoiy-axloqiy ideal
sifatidagi o ‘lmaslikni tushunamiz. Jism an oMmaslik to‘g‘risidagi fikrlar
esa tibbiyot muammosi bo‘lib, unga erishishning imkoni yo q, zero,
keksayish, inson a ’zolarining qarishi mavjud ekan,
ular albatta о limga
olib boradi.
B a’zi ta d q iq o tch ilar, ch u n on chi, I.V.Vishev, inson kosmosga
chiqmasdan oldin,
kosmos haqida fikrlagan, ilmiy ishlar olib borgan
edi, o ‘lmaslik haqida ham shunday fikr bildirsa bo‘ladi, fan taraqqiyoti
shunga olib kelish mumkin degan hayotbaxsh ruhdagi farazni ilgari
suradi. Ayni paytda bu masalada «amaldagi o‘lmaslik» tushunchasi bilan
«oMmaslik» tushunchasini qorishtirib yubormaslik muhim shart» ekanini
Dostları ilə paylaş: