ezgu
m aqsadi am alga oshm ay qolsa, uning h ay o tin i « m a’nosiz» deb
b o ‘lmaydi.
Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi ham m um kin. Bunda kishidagi
maqsadlar o ‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy,
tuban, hatto yovuz b o ‘lishi mumkin. Mazkur kishi — «hayot egasi»ning
bunday tabiati jam iyat erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero,
kim dir o ‘z hayoti m a’nosini qanday yo‘l bilan bo'lm asin boy-badavlat,
to ‘kin-sochin yashashda deb tushunadi: harom -xarishning farqiga borib
o ‘tirmaydi, birovning haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan
bo ‘lmasin, martabaga erishishni o ‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo'yadi,
faqat «yulsam» deydi. Boshqa birov esa, qonunni buzm aydi, lekin
o ‘zgalarga qayishishni
xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan ishi
b o ‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi.
Yana bir toifa odam lar borki, ular hayotining m a ’nosini eng yuksak
qadriyatlar bilan bog‘laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik
oshuftasi, e ’tiqodi but kimsalar sifatida e ’tibor qozonadilar. U lar oliy
ideallarga intilib, fidoyilarcha um r kechiradilar. H ayotining m a’nosini
o ‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi um r»da k o ‘radilar. H ar bir
jamiyatning taraqqiy topishi yoki tanazzuli hayotning m a’nosini ana
shu tarzda tushunuvchilaming ko‘pligi yoki kamligi natijasida ro‘y beradi,
bir so‘z bilan aytganda, bunday tom m a’noda «elim deb, yurtim deb
yonib yashaydigan» o d am lar yuksak ax lo qli,
d e m o k ra tik , erk in
jamiyatning ustunlaridir.
Biz yuqorida ko'rib chiqqan toifalar ikki um um iy ijtim oiy-m a’naviy
guruhning biriga, ta ’bir joiz b o ‘lsa, shartli ravishda dunyoviy deb
ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi guruhni esa e ’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh
hayotning m a’nosini Xudoni topishda, U nga yetishishda deb biladi.
Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki m uhabbat
vositasida ham X udoga m urojaat q iladilar. M asalan, buyuk rus
mutafakkiri
va yozuvchisi, pravoslav cherkovidan ronda qilingan Lev
Tolstoy hayotning m a’nosini quyidagicha tushunadi: «M en faqat Xudoga
ishongan onlarimdagina haqiqiy yashaganimni esladim... Xudoni tanish
va yashash degani bir xil gap, Xudo hayot dem akdir», — deb yozadi u
o ‘zining m ashhur «Iqrornoma» asarida1.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O lz hayotining m a’nosini Xudoga yetishish uchun harakatda deb
bilgan Tolstoy ayni paytda bu harakatni dunyoviy muammolarning hal
qilinishi bilan bog'laydi. Xuddi shunday holatni biz aw al ham bir necha
bor misol qilib keltirganimiz buyuk m utasaw if bobokalonimiz Alisher
Navoiy shaxsida ham ko‘rish mumkin.
G ap shundaki, har ikki alloma
o ‘zlari tanlagan tariqatlar orqali Xudoga yetishishga intiladilar, ulardagi
Xudoga bo‘lgan ilohiy ishq U yaratgan har bir jonzotga, har bir giyohga,
eng aw alo, insonga muhabbat sifatida namoyon bo‘ladi, ya ni ular
hayotida diniylik dunyoviylikni inkor etmaydi. Shu nuqtayi nazardan
qaraganda, b a ’zi ekstrem istchi guruhlar mafkurachilarining «dinni
dunyoviylikdan tozalash» haqidagi safsatalari ulardagi hokimiyatni qo Iga
olishga intilishdan boshqa narsa emas, mohiyatan dinga aloqasi yo‘q,
xudbinlikning niqoblangan ko‘rinishi, xolos. Zero, Alloh u dunyoda
jannatiy bo'lish uchun o ‘z bandalariga bu dunyoda go‘zal yashashni,
chiroyli a’mollar qilishni buyuradi.
K o'rib o ‘tganim izdan m a’lum b o ‘lyaptiki, hayotning m a’nosini
tushunishda har ikki ijtimoiy-ma’naviy
guruhda ham turli qarashlar
mavjud. Lekin ular bir masalada yakdil: ular hayotning m a’nosi o ‘z
manfaatlarini o'zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak
aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga binoan
um r kechiradilar.
Baxt. Hayotning m a’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt
atamasini ham hayotning m a’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda
tahlil etish m um kin emas. Zero, baxt inson o ‘z hayoti m a’nosini qay
darajada tushungani va shu m a’nodan umri mobaynida qoniqish hosil
qilib borishidan iboratdir. H ar bir insonda qoniqish hissi undagi
maqsadlaming takomilga yetganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga
yetish jarayoni bir um r davom etadi. Shu m a’noda buyuk ajdodimiz
Abu Nasr Forobiy: «Baxt - har bir
inson intiladigan maqsad, zotan u
muayyan komillikdir», — deganida ko‘p jihatdan haq edi1.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik
lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to ‘g‘ri emas. Lazzat oniylik
xususiyatiga ega, o ‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va
u moddiy hayotdagi real, ammo o ‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz
kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat
o ‘tgach, to'yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham
shunday. Baxt esa m a’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq,
unda maqsadlarga
birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir um r
to'xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o ‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida
ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli o ‘laroq, shaxsning intilishini
emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. H ar bir intilishning ro'yobga
chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk
shoirimiz G ‘afur G ‘ulomning:
Dostları ilə paylaş: