Georg Vilhelm Fridrix Hegeldir (1770—1831). Uning axloqiy qarashlari
«Ruh fenomenologiyasi» (1807), «Falsafiy fanlar qomusi» (1817),
«H uquq falsafasi» (1821) sin g ari asarlarid a aks etg an . H egel
axloqshunosligining o‘ziga xos xususiyati, eng aw alo , shundaki, u
xulqiylik bilan axloqiylikni ikki xil tushuncha sifatida taqdim etadi.
«Huquq falsafasi» asarida u shunday deb yozadi: «Odatda ahamiyatiga
ko‘ra, bir xil deb hisoblanadigan xulqiylik va axloqiylik bu yerda bir-
biridan jiddiy farq qiladigan m a ’nolarda olinadi»1. Hegel o'zining
murakkab falsafiy tizimidan kelib chiqib, xulqiylikka shunday ta ’rif
beradi: «Xulqiylik nuqtayi nazari erkning nafaqat
o ‘zida, balki
o ‘zi uchun ham cheksiz b o ig a n darajadagi nuqtayi nazardir. Bu ixtiyor
refleksiyasi o ‘zida va uning o ‘zi uchun haqiqiy aynanligi o ‘zida
b o r liq lig ig a h a m d a b e v o s ita lig ig a va u n d a r iv o jla n a y o tg a n
muayyanliklarga qarama-qarshi qiyofani subyekt sifatida belgilaydi»2.
Sodda qilib aytadigan bo'lsak, Hegel tushunchasidagi xulqiylik doirasi
insonlardagi shaxsiy va xususiy o ‘zaro munosabatlarni, subyektiv fikrdagi
majburlikni, idealni, ijtim oiy-tarixiy hodisalarga nisbatan tanqidiy
kayfiyatlarni o ‘z ichiga oladi.
Axloqiylikni esa Hegel mana bunday ta ’riflaydi: «Axloqiylik xuddi
axloqiy borliqda o‘zining
o ‘zida va
o ‘zi uchun haqiqiy asosiga va
harakatga keltiradigan maqsadiga ega bo‘lgan o ‘zini anglash kabi,
o ‘zidagi o ‘zini anglashda o ‘z bilimiga, ixtiyoriga, bu ixtiyorning harakat
qilishi orqali o ‘z voqeligiga ega jonli ezgulik kabi,
erkinlik g ‘oyasidir; axloqiylik
o ‘zini anglashning mavjud dunyosi va tabiati b o ig a n erkinlik
tushunchasidir... U m um an olganda, axloqiylikda ham obyektiv, ham
subyektiv jihatlar bor, biroq ular axloqiylik shaklining mohiyati xolos.
Ezgulik — bu yerda ja v h ar (substansiya), y a’ni obyektivlikning
subyektivlik bilan to ‘ldirilishidir».3 Hegel axloqiylik deganda, bir